G‘arbda "irqchi gazeta"ni yopishni talab qilishmoqda

© fragolerosseZarubejnaya pressa
Zarubejnaya pressa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir vaqtlar quldor istilochi tomonidan tashkil qiliangan The Guardian, bugungi kunda ingliz chap muxolifatining asosiy media-zambaraklaridan biri bo‘lib, o‘tmishga qarshi kurashda eng radikal usullarni qat’iy qo‘llab-quvvatlamoqda.

G‘arb mamlakatlarining mustamlaka o‘tmishiga qarshi kurash doirasida tashabbuskor guruh Britaniyaning The Guardian gazetasining yopilishini talab qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Bir necha kun oldin e’lon qilingan petitsiyaga 20 ming imzo to‘plandi.

Gazetani yopishni talab qilayotganlarning mantig‘i oddiy. 1821-yilda tashkil topgan, “Manchester qo‘riqchisi” (Manchester Guardian) deb nomlangan gazeta o‘z boyligini paxta savdosidan orttirgan Djon Edvard Teylor tomonidan asos solingan. Paxta plantatsiyalarda deyarli 100 foiz qul mehnati evaziga yetishtirilgan.

AQSh siyosiy kuchlari tartibsizliklardan qanday foydalanmoqda - Sputnik O‘zbekiston
AQSh siyosiy kuchlari tartibsizliklardan qanday foydalanmoqda

Ustiga ustak, asoschisining vafotidan keyin ham, gazeta qullikni faol ravishda qo‘llab-quvvatlagan va hatto Amerikaning abolitsionist-prezidenti Avraam Linkolnga qarshi chiqqan, masalan, 1862-yil 10-oktabrda “u AQSh prezidenti etib saylangan kun - Amerika va butun dunyo uchun qora kun bo‘ldi" degan.

Achchiq kinoya shundaki, The Guardian o‘zining hozirgi ko‘rinishida ingliz chapchilarining asosiy media-zambaraklaridan biri bo‘lib, la’natlangan o‘tmishga qarshi kurashda eng radikal usullarni qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi.

Eslatib o‘tamiz: ushbu kurash doirasida, egallab turgan toshlaridan bir nechta Kolumb, bir nechta taniqli britaniyalik homiylar yiqitildi, Belgiyaning monumental otliq qiroli Leopold II ning haykali ko‘rimsiz holatga keltirilib ko‘zdan g‘oyib qilindi, hatto yaqinda ochilishi hotiramizda qolgan, Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alabasi sharafiga ochilgan bronzali Uinston Cherchill haykali ham yo‘q qilindi. Va bu hali hammasi emas, chunki yaqinda London meri Sodiq Hon "Ijtimoiy makonda xilma-xillik bo‘yicha komissiya"ni tuzdi va komissiya ishni boshladi. Uning vazifalariga qul savdosidan pul ishlab topgan tarixan noto‘g‘ri shaxslarning haykallarini aniqlash kiradi. Darvoqe, ular orasida beshta Britaniya monarxlari bor, ular:

  • Charlz II (ikkita haykal);
  • Jeyms II
  • Uilyam III (ikkita haykal);
  • Qirolicha Anna (ikkita haykal);
  • Georg I.

Umuman olganda, tarixiy adolatning ro‘y berayotgan tartibsizligidan g‘azablangan Britaniya konservatorlari, yangi vayronchilarning ovozi bo‘lgan The Guardian, satirik chora sifatida, shuningdek, ikki asr oldin qul savdosi hisobiga ochilgani tufayli, yopishini talab qiluvchi petitsiya tayyorladilar.

Beliy dom v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Oq uy AQShda irqchilik muammosi mavjudligini tan oldi

Ular gazetani yopa olmasliklari aniq, ammo ular hech bo‘lmaganda o‘zlarining chap-liberal raqiblariga har kimning ham o‘tmishi borligini namoyish qilmoqdalar. Va o‘tmishni zamonaviy tajovuzkor mafkuralar meyorlari bo‘yicha muhokama qilish, va hatto qatl etish kulgili.

Ammo bularning barchasi, albatta, ish bermaydi. Chunki yangi axloqning komissarlari va yevangelistlarini tashvishga soladigan eng so‘nggi narsa bu izchillikdir.

Bu yerda biz ko‘pincha e’tibor bermaydigan bir jihatni tushuntirib o‘tishimiz lozim.

Black Lives Matter haqidagi voqea, ko‘rinishidan faqat AQSh va ota-bobolari bir necha asrlar oldin qul sifatida keltirilgan ularning qora tanli aholisi bilan bog‘liq qadimgi tarixiga taalluqli bo‘lib tuyuladi, butun Yevropaga tarqalib, hatto Avstraliyaga ham etib keldi, oddiygina taqlid bilan emas albatta.

U yaxshigina ishlangan mafkuraga aosolandi. Ushbu mafkura nafaqat irqiy yoki diniy ozchiliklarni, balki umuman diniy va jinsiy ozchiliklarni ham o‘z ichiga oladi, shuningdek, har ehtimolga qarshi, xohishlaridan qat’iy nazar barcha ayollar, barcha nogironlarni oladi (bu nogironlar ichida ruhiy kasalliklari bo‘lgan fuqarolar), va umuman, o‘zboshimchalik bilan kamsitilgan deb aniqlangan barcha "aholi guruhlari".

Posetiteli otkrivshegosya posle karantina parka razvlecheniy Disneylend v Shanxae - Sputnik O‘zbekiston
Disney studiyasi bugun o‘z multfilmlaridagi irqchilik uchun uyalmoqda

Odatda o‘zini tengsizlikka qarshi kurashadigan deb nomlaydigan bu mafkura, oldingi asrlar davomida butun dunyo bo‘ylab rivojlangan ijtimoiy iyerarxiya juda shafqatsiz va adolatsizligini nazarda tutadi.

Dunyodagi ijtimoiy iyerarxiyaning adolatsizligi shunday holatni yuzaga keltiradiki, badavlat oilalardan bo‘lgan, yaxshi ma’lumotga ega geteroseksual erkaklar boyligiga o‘ch bo‘lib ular bilan til biriktiradi va va buning evaziga bu “xo‘rozlar”ga omadli farzandlarni tug‘ib birga tarbiyalashga rozi geteroseksual ayollar dunyoda eng ko‘p omadga erishadilar.

Muvaffaqiyat ushbu har tomonlama butlar mafiyasining qo‘lida bo‘lgan bir vaziyatda, ixtiro qilingan va endi shakllanayotgan ozchiliklar azob chekmoqda. Statistikaga ko‘ra farovonlik (tengsizlikka qarshi kurashuvchilar statistikani yaxshi ko‘radilar) chegarasining chetida quyidagilar qoladi: badavlat butun geteroseksual oilada dunyoga kelolmaganlar; qaramlik bilan yashaydigan (alkogol va narkotik); modadagi o‘zidaqa jinsga ishtiyoki borlar va ba’zan shu sababdan o‘zini ishlashga majburlay olmaganlar; o‘zini o‘spirinlik yoshidagi qiz deb hisoblaydiganlar va aksincha; o‘z psixologik travmasi tufayli yaxshi o‘qiy olmaydiganlar; o‘z xususiyatlari tufayli ijtimoiy aloqalarni qura olmaydigan va uyda hech vaqo qilmay boyqush bo‘lib o‘tiradiganlar, va hokazolar.

Ularning barchasi tengsizlik qurbonlari. Qadimgi, ildiz otgan, adolatsiz tengsizlik.

Sbor xlopka - Sputnik O‘zbekiston
AQShda qora tanli o‘quvchilar "qullar qo‘shig‘i" sadosi ostida paxta terishga majburlandi

Bu yerda haqiqatan ham muhim narsa: Yangi Tenglik yevangelistlari va komissarlari nazarda tutayotgan adolat ibtidoiy emas, huddi shafqatsiz sovet (aslida Yangi Zavetdagidaqa) "ishlamagan, tishlamaydi" shiori kabi. Yangi Tenglik mafkurasida ishlash qobiliyati, va hattoki ko‘p va yaxshi ishlash, odamning "bolaligidan" yoki hatto tug‘ilishidan olingan “imtiyoz”ning o‘ziga hos natijasi hisoblanadi.

Bunda Yangi Tenglik mafkurachilarining qurbonlarning yetarlicha omadli bo‘lmaganini qoplash maqsadida doimiy ravishda ijtimoiy hayotga doimiy ravishda cheksiz tuzatishlar kiritish talabini kelib chiqishi mantiqan to‘g‘ri. Tabiiyki, ushbu tuzatishlar “imtiyozi borlar” hisobiga amalga oshirilishi kerak, ya’ni oddiy, hech qanday shikasti yo‘q odamlar hisobiga.

Ya’ni, qo‘pol qilib aytganda, biron bir kishini ishga olishiz kerak bo‘lgan vaziyatda sizning adolatli (ya’ni tengsizlikka qarshi kurashchilar tomonidan ajratilgan) kvotangiz shunchaki yaxshi ishchilar uchun allaqachon tanlanib bo‘lgan bo‘lsa, siz eng yaxshini emas, balki ko‘proq tengsizlikdan aziyat chekkanni yollashingiz kerak. Agar u ishchi sifatida yomon bo‘lsa ham.

Ushbu mafkura mutlaqo mantiqsiz bo‘lib tuyulishi mumkin - bu nafaqat butun insoniyat tarixini, balki kuchsizlarini qulatib tabiiy tanlov tartibsiz tarzda o‘tadigan biologik voqelikni ham inkor etmoqda.

Politseyskiy Los-Andjelesa na fone gorashey mashini vo vremya protestov  - Sputnik O‘zbekiston
AQSh olov ichida: Floyd o‘limidan so‘ng avj olgan to‘polon va tartibsizliklar – foto

Ammo fokus shundan iboratki, buni faqat qandaydir yuqori aqli rasolik nuqtayi nazaridan telbalik hisoblanadi. Taktik va siyosiy nuqtayi nazardan esa  bu Yangi Tenglikning maxsus komissarlari va yevangelistlariga, o‘zlarining ijtimoiy mavqeyining pasayishi bilan bog‘liq noxush tuyg‘ularni boshdan kechirayotgan har bir kishiga tayanishi va ular ko‘magida o‘zlarining mavqeyini misli ko‘rilmagan balandlikka ko‘tarishlariga imkon beradigan ajoyib innovatsiya.

Va bu komissarlar dastlab o‘zlarini adolat va tenglikning eng so‘nggi sozlash dastagi sifatida tayinlaganlari sababli, ular o‘zlarigagina nima ijtimoiy adolatsizligu nima adolatsizlik emasligini hal qilish huquqini ishonib topshiradilar.

Shuning uchun, aynan The Guardian gazetasiga hech narsa tahdid solmaydi - faqat dastlab janubdagi quldorlar partiyasi bo‘lgan AQSh Demokratik partiyasidan tashqari,.

Ammo "adolatning nazoratning ulushi egalari" tomonidan Tenglik Dushmanlari deb belgilanganlar hushor bo‘lishlari kerak.

Va shu ma’noda, Yangi Tenglik emissarlarining bizning, Rossiya ommaviy axborot vositalarida va mafkuraviy makonda doimiy ravishda ilgari surayotgan tezislari qiziq.

Besporadki v SShA: Beliy dom otgorodilsya zaborom ot protestuyushix - Sputnik O‘zbekiston
AQShdagi tartibsizliklar: Oq uy temir devor bilan o‘rab olindi

Shunisi e’tiborga loyiqki, ularning hammasi ham cheklanganlardan emas: ba’zilari davlat tomonidan moliyalashtiriladi-da va "tizimli rozi bo‘lmaganlar" va "progressiv sodiqlar" kabi ishlaydi, go‘yo. Ya’ni, ular tizimsiz muxolifatni yomon deb tan olishadi, ammo ular ozchiliklarning barcha cheksiz xilma-xilligi bo‘yicha huquqlarini zudlik bilan tadbiq qilish kerakligini ta’kidlaydilar.

Muxtasar qilib aytganda, ularning vazifasi shundaki, ishchilarga nisbatan odatiy ijtimoiy adolat tushunchasini "ozchiliklar uchun adolat" mafkurasiga almashtirishdir. Ya’ni, hozirgi cheklangan qatlamlarga imtiyozlar, himoya va yengilliklarni ta’minlash bilan, shu jumladan nafaqat “havo ranglilar” (rus geylari asosan ma’suliyatli va sodiq), balki narkomanlar (doimo modda bilan kirib ketishdan qo‘rqib aziyat chekayotganlar), ikkala jinsdagi jinsiy hizmat xodimlari (“fohisha” so‘zi ular uchun eskirgan va shikastli deb hisoblanadi, chunki bu oddiy, hurmatga sazovor odamlar, shunchaki o‘z tanalarini pulga sotadiganlar) va boshqalar. Shu bilan birga, Rossiyadagi Yangi Tenglik tarafdorlari o‘zlarining himoyasini barcha ayollarga ham singdirmoqdalar, buning evaziga ayollar o‘zlari tushunmagan holda ularning mafkuralarini paket yordamida qo‘llab-quvvatlashlari uchun.

Bu davlat va jamiyat uchun halokatlidir, ammo "mavzuga qiziqqanlarga" katta bonuslarni va’da qilmoqda.

Shunday qilib, bu to‘lqin bizni chetlab o‘tadi deb o‘ylamang. Hammasi bo‘ladi - agar biz bunga yo‘l qo‘ysak.

Darvoqe, kechagina quldorlar avlodlar

Yangiliklar lentasi
0