Dunyoda

Moskvadagi Gʻalaba paradida qaysi davlatlar rahbarlari ishtirok etishi maʼlum boʻldi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishShturmoviki Su-25 na repetitsii vozdushnoy chasti parada Pobedы v Moskve
Shturmoviki Su-25 na repetitsii vozdushnoy chasti parada Pobedы v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Buyuk Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan paradda ishtirok etish uchun Moskvaga 10dan ortiq davlat rahbarlari yetib kelishadi.

TOSHKENT, 23 iyun - Sputnik. Moskvada ertaga 24 iyun kuni boʻlib oʻtadigan Gʻalaba paradini tomosha qilish uchun koʻplab nufuzli mehmonlar taklif etilgan edi. Bugun Kreml maʼmuriyati kimlar ushbu tantanalarda ishtirok etishini maʼlum qildi. 

Moskvada boʻlib oʻtadigan Gʻalaba paradiga Belarus, Oʻzbekiston, Bosniya va Gertsogovina, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston, Serbiya, Janubiy Osetiya va Abxaziya rahbarlari ishtirok etishadi", - dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. 

Paradda shuningdek, MDH ijroiya qoʻmitasi raisi Sergey Lebedev, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi raisi Mixail Myasnikovich hamda KXSHT bosh kotibi Stanislav Zas ham ishtirok etishi alohida taʼkidlandi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Gʻalaba paradi: Mirziyoyev Moskvada oʻtkaziladigan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi

Sobiq Ittifoq respublikalaridan Armaniston, Ukraina, Latviya, Turkmaniston, Litva, Estoniya, Gruziya Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan Paradga kelmasliklarini bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, bu yil Rossiya va MDH davlatlarida Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligi tantanali nishonlanmoqda. Yil boshida dunyoda tarqalgan koronavirus pandemiyasi ushbu paradni 9 may kuni oʻtkazishga xalal bergan edi. Shundan soʻng, Rossiya rahbariyati Gʻalaba paradini 24 iyunga koʻchirdi.

1945 yilda aynan 24 iyun kuni Moskvada Gʻalaba paradi boʻlib oʻtgan, unda eng ilgʻor askarlar ishtirok etgan edi. Butun dunyoga mashhur boʻlgan quyidagi fotosurat aynan 1945 24 iyun kuni oʻtkazilgan Gʻalaba paradida suratga olingan.

© Sputnik / RIA Novosti / Fotobankka oʻtishParad Pobedы 24 iyunya 1945 goda
Moskvadagi Gʻalaba paradida qaysi davlatlar rahbarlari ishtirok etishi maʼlum boʻldi - Sputnik Oʻzbekiston
Parad Pobedы 24 iyunya 1945 goda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala