Siyosat

"Paradga kelganingiz uchun rahmat": Putin Mirziyoyev bilan muzokara oʻtkazdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Vladimir Putin proveli peregovorы
Shavkat Mirziyoyev i Vladimir Putin proveli peregovorы - Sputnik Oʻzbekiston
Putin oʻzbekistonlik harbiylarning Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan Paraddagi ishtirokini "bu bizning strategik sherikligimizning koʻzga koʻrinarli belgisi", deya baholadi.

TOSHKENT, 23 iyun - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan oliy darajadagi muzokaralar davomida Oʻzbekiston yetakchisiga Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga tashrif buyurgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Prezident RF V. Putin na voyennom parade v chest 74-y godovщinы Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Unutilgan oʻtmish saboqlari va uning ogʻir toʻlovi — Putin maqolasi

"Hurmatli Shavkat Miromonovich, sizni koʻrib turganimdan behad xursandman. Gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tantanali tadbirlarga, Paradga kelganingiz uchun rahmat. Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari boʻlinmalarining 75 nafar harbiylari ertaga Moskvadagi Qizil maydonda oʻtishidan mamnunman", - dedi Rossiya yetakchisi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "birinchi bor", deya bu gapga aniqlik kiritib oʻtdi.

Putin harbiylarning paraddagi ishtirokiga "bu bizning strategik sheriklik munosabatlarimizning yaqqol namoyishidir", deya baholadi.

Putinning aytishicha, u Oʻzbekiston prezidenti 9-may kuni Toshkent shahrida Gʻalaba parkini ochganidan boxabar.

Shturmoviki Su-25 na repetitsii vozdushnoy chasti parada Pobedы v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Moskvadagi Gʻalaba paradida qaysi davlatlar rahbarlari ishtirok etishi maʼlum boʻldi

Rossiya prezidenti, shuningdek, Oʻzbekiston xalqi Gʻalabaga qoʻgna ulkan hissasini, Oʻzbekiston evakuatsiya qilingan ikki millionga yaqin insonlarni bagʻrikenglik bilan qabul qilganini, evakuatsiya qilingan korxonalarning aksariyati Oʻzbekistonda joylashtirilganini yodga oldi.

Mirziyoyev oʻz navbatida, Vladimir Putin va butun Rossiya xalqini ulugʻ ayyom bilan tabrikladi.

"Bu – bizning umumiy tariximiz, umumiy gʻalabamiz", - dedi Shavkat Mirziyoyev. Toshkentdagi Gʻalaba bogʻining Yodgorlik majmuasi fondini boyitish, shuningdek, Oʻzbekiston xalqining Gʻalabaga qoʻshgan hissasi toʻgʻrisida yanada haqqoniy statistik maʼlumotlarni olish maqsadida arxiv materiallarini taqdim etishga tayyorlik namoyish etgani uchun Rossiya tomoniga minnatdorlik bildirildi.

Suhbat chogʻida strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala