Dunyoda

KXDR yetakchisi Seulga qarshi urush rejasini kechiktirdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka oʻtishPredsedatel Gossoveta Koreyskoy Narodno-Demokraticheskoy Respubliki Kim Chen Ыn
Predsedatel Gossoveta Koreyskoy Narodno-Demokraticheskoy Respubliki Kim Chen Ыn - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shimoliy Koreya 16 iyun kuni demarkatsiya chizigʻi yaqinidagi Keson sanoat kompleksidagi qoʻshma aloqa ofisini portlatgandan soʻng, mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar yanada keskinlashdi

TOSHKENT, 24 iyun - Sputnik. KXDR rahbari Kim Chen In Bosh shtab tomonidan taqdim etilgan Janubga qarshi harbiy operatsiyalar rejasini keyinga qoldirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Koreya markaziy telegraf agentligi (TSTAK).

Kim Chen Ыn poyavilsya na publike vpervыe za 20 dney - foto - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Janubiy Koreya razvedkasi Kim Chen In nega uzoq vaqt koʻrinmaganiga izoh berdi

Shimoliy Koreyada Koreya Mehnat partiyasining yettinchi chaqiriq Markaziy harbiy qoʻmitasining beshinchi majlisining dastlabki yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda harbiy siyosatning asosiy loyihalari, hisobotlar va rezolyutsiyalar, shuningdek “mamlakatning toʻxtatib turish harbiy kuchni yanada kuchaytirish boʻyicha davlat chora-tadbirlari” aks ettirilgan hujjatlar koʻrib chiqildi.

Dastlabki uchrashuvdan soʻng KHDR chegarada targʻibot karnaylarini demontaj qilishni boshladi. Shuningdek, Shimoliy Koreyaning tashqi tashviqoti uchun moʻljallangan internet-manbalari Shimoliy Koreyaga qarshi varaqalar yuborilishini tanqid qiluvchi maqolalarni oʻchirishni boshladi, deb habar beradi RIA Novosti.

Shimoliy Koreya 16 iyun kuni demarkatsiya chizigʻi yaqinidagi Keson sanoat kompleksidagi qoʻshma aloqa ofisini portlatgandan soʻng, mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar yanada keskinlashdi. Bunga Janub tomonidan KHDR hududiga targʻibot materiallarini yuborilishi sabab boʻlishi mumkin.

Seulning taʼkidlashicha, eskalatsiyaning barcha oqibatlariga KHDR javobgardir, ammo u hamon varaqalar yuboruvchilar bilan ishlash rejalarini bekor qilmagan.

Avvalroq Sputnik radiosi Tramp Boltonni KXDR rahbari bilan uchrashuvda “kabutar” deb ataganligi haqida xabar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0