Reaktsiya odatiymi? COVID vaktsinasi koʻngillilarning mazasini qochirdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishRossiyskiye mediki razrabotali vaktsinu
Rossiyskiye mediki razrabotali vaktsinu - Sputnik Oʻzbekiston
Bundan oldin, 20 nafar koʻngillilardan iborat ikkinchi guruhi koronavirus infektsiyasiga qarshi vaktsinani olganligi maʼlum boʻldi.

TOSHKENT, 24 iyun - Sputnik. Koronavirus vaktsinasini oʻzida sinayotgan baʼzi koʻngillilar modda kiritilganidan keyingi dastlabki soatlarda isitma va bosh ogʻrigʻini his qilishgan. Bu haqda seshanba kuni RIA Novosti Sechenov universiteti matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Gemotest nachinayet delat analizы na koronavirusnuyu infektsiyu - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda koronavirus: 23 iyun asosiy xabarlari

Bundan oldin, 20 nafar koʻngillilardan iborat ikkinchi guruhi koronavirus infektsiyasiga qarshi vaktsinani olganligi maʼlum boʻldi.

“COVID-19ga qarshi vaktsinaning samaradorligi va xavfsizligini oʻrganishning birinchi bosqichi 18 iyunda Sechenov universitetida, dastlabki 18 koʻngilli vaktsinatsiya qilinganida boshlandi. Dastlabki soatlarda ularning baʼzilarida emlashdan keyin minimal reaktsiyalar kuzatildi - yengil isitma, bosh ogʻrigʻi va shunga oʻhshashlari, va ular 24 soat ichida oʻz-oʻzidan toʻxtab qolgan”, - deyiladi universitet matbuot xizmati xabarida.

U vsex posetiteley s pomoщyu teplovizora izmeryayetsya temperatura tela pri vxode na rыnok i dezinfitsiruyetsya ruki antiseptikami - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda aniqlangan koronavirus holati 6500 taga yetdi

Tadqiqotda ishtirok etish ixtiyoriy ekanligi taʼkidlanib, fuqarolar tadqiqot bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan foyda, xavf va noqulayliklar haqida ogohlantirildi.

“Koronavirus infektsiyasiga qarshi vaktsinaga reaktsiya boshqa inʼyektsiyalarda kuzatiladigan odatiy standart rekatsiya kabidir. Hozirda tadqiqotning barcha ishtirokchilari oʻzlarini yaxshi his qilmoqdalar”, - deya qoʻshimcha qildi Yelena Smolyarchuk, bosh ilmiy tadqiqotchi, Sechenov nomidagi Universitet dori-darmonlarni klinik oʻrganish Markazi rahbari.

Avvalroq Sputnik radiosi Rossiyada COVID-19 vaktsinasini ishlab chiqarishning ehtimoliy muddatlari aniqlangani haqida xabar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala