Dunyoda

"Zarbalar almashinuvi". Mutaxassis Xitoyning Gonkong tufayli AQShga qarshi choralari haqida

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishStranы mira. Kitay
Stranы mira. Kitay  - Sputnik Oʻzbekiston
Gonkong tufayli joriy etilgan AQSH sanktsiyalariga javoban Xitoy uning ichki ishlariga aralashgan amerikaliklarga nisbatan viza cheklovi kiritishga qaror qildi.

TOSHKENT, 29 iyun - Sputnik. Xitoy Gonkong ishlariga aralashgan amerikaliklarga viza cheklovlarini joriy etadi, deb bayonot berishdi Pekinda. Ushbu choralar haqida Sputnik radiosida Sankt-Peterburg davlat universiteti professori, tarix fanlari doktori Vladimir Kolotov izoh berdi.

Amerikanskiy dlllar i yuan - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Xitoy dollardan voz kechishga tayyorgarlik koʻrmoqda

Xitoy Gonkong ishlariga aralashgan amerikaliklarga viza cheklovi haqida qaror qabul qildi, deb bayonot berdi  XHR TIV vakili Chjao Litszyan.

Avvalroq Vashington Xitoy Kommunistik partiyasi amaldorlariga nisbatan “Gonkong avtonomiyasini va inson huquqlarini buzganlik” uchun shunga oʻxshash sanktsiyalarni joriy qilgan edi.

“Xitoyning Gonkong ishlariga aralashadigan har qanday tashqi kuchlarga qarshi turishga boʻlgan qatʼiyati barqaror boʻlib qolmoqda. AQShning Gonkong milliy xavfsizlik qonunini qabul qilinishiga sanktsiyalar orqali toʻsqinlik qilish urinishlari muvaffaqiyatsiz boʻladi”, - deya RIA Novosti Xitoy TIV rasmiy vakili soʻzlaridan iqtibos keltiradi.

Bir yil oldin Gonkongda ekstraditsiya toʻgʻrisidagi qonun loyihasiga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi, chunki mintaqa aholisi buni uning muxtoriyatiga putur yetkazadi deb qabul qilgan. 2019 yil oktyabr oyida, oʻtayotgan namoyishlar fonida hujjat toʻliq qaytarib olindi.

Vstrecha liderov SSHA i Kitaya Donalda Trampa i Si Tszinpinya v ramkax sammita G20 (29 iyunya 2019). Osaka - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH uygʻurlar siyosati bilan bogʻliq Xitoy amaldorlariga qarshi sanktsiyalar kiritadi

Hozirda mamlakat hukumati milliy xavfsizlikka oid yangi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda, unda gijgijlovchi, separatistik, terrorchilik faoliyati va chet elliklar bilan til biriktirishni taqiqlash nazarda tutilgan.

AQSH Pekinni avtonomiyani yoʻq qilishga urinishda ayblamoqda. Xitoy hukumati Vashingtonni bir necha bor mamlakatning mutlaq ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirgan.

Sputnik radiosida Sankt-Peterburg davlat universiteti professori, tarix fanlari doktori Vladimir Kolotov Pekinning harakatlarini sharhlab berdi.

“Bu javob chorasidir. AQSH xitoyliklar bilan muloqotni chekladi - bu ilmiy, texnologik va iqtisodiy hamkorlikka taalluqli. Bundan tashqari, Xitoy Kommunistik partiyasi amaldorlariga nisbatan viza cheklovlari joriy qilindi. Yaʼni AQSH Xitoy rasmiylariga qarshi har tomonlama bosim kuchaytirilmoqda. Mos ravishda Xitoyga bosim AQShga nisbatan javob bosimni keltirib chiqardi. Yaʼni xuddi shunday yoʻl tutilmoqda. Geosiyosiy ziddiyatlar kuchayishi fonida shunchaki siyosiy va diplomatik zarbalar almashinuvi amalga oshmoqda", - dedi Vladimir Kolotov.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala