Rossiya

Toshkentda Rossiya fuqarolari Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar uchun qanday ovoz berishi mumkin

© Sputnik / Nina Zotina / Fotobankka oʻtishKonstitutsiya Rossiyskoy Federatsii.
Konstitutsiya Rossiyskoy Federatsii. - Sputnik Oʻzbekiston
Ovoz berishda Rossiya Federatsiyasining uni oʻtkazish kunida 18 yoshga toʻlgan fuqarolari qatnashish huquqiga egadir.

TOSHKENT, 30 iyun - Sputnik. 30 iyun kuni Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasida Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha saylov uchastkasi ochildi, u 1 iyul kuni ham ishlaydi.

“Hurmatli Rossiya fuqarolari! 30 iyun kuni soat 14.00 dan 20.00 gacha va 1 iyul kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha Rossiya Federatsiyasining Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritishga oid elchixonada (Toshkent, Nukus koʻchasi, 83) umumrossiya ovoz berishi oʻtkaziladi”, - deb xabar berdi Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasining konsullik boʻlimi.

Diplomatik vakolatxonada aytilishicha, ishtirok etish uchun oldindan roʻyxatdan oʻtish talab etilmaydi. Shaxs yonida amaldagi xorijiy yoki Rossiya ichki pasportiga ega boʻlishi kifoya.

Prezident RF V. Putin vыstupil s obraщeniyem k grajdanam Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Putin Konstitutsiyaga kiritiladigan tuzatishlarni qadriyatlarning mustahkamlanishi, deya atadi

Shuningdek, konsullik boʻlimi fuqarolarning iltimosiga binoan, 1 iyul umumrossiya ovoz berish kunida saylov uchastkasining oʻzida tayyor chet el pasportlarini olish imkoniyati paydo boʻlganini maʼlum qildi.

Chet el pasporti berilishga tayyorligini tekshirish va uni olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati bilan quyida tanishish mumkin.

Taklif etilayotgan oʻzgartirishlarning mazmuni bilan quyida tanishish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, dastlab Asosiy qonunga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha ovoz berish 22 aprelga belgilangan edi, biroq mart oyining oxirida koronavirus infektsiyasining tarqalishi sababli Vladimir Putin uning koʻchirilishini eʼlon qildi. Unda davlat rahbari yangi sana shifokorlarning tavsiyalari asosida belgilanishini taʼkidlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala