TIV Qozogʻiston chegarasida toʻplangan oʻzbekistonliklar haqida bayonot berdi

Hozirda ushbu masalada Rossiya va Qozogʻistonning vakolatli organlari bilan muzokaralar olib borilmoqda

TOSHKENT, 2 iyul - Sputnik. Qozogʻiston chegarasida toʻplangan oʻzbekistonliklar masalasi Oʻzbekistonning Moskva va Nur-Sulton shaharlaridagi elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan nazoratga olingan, deya xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Avtomobili na granitse - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
TIV chegarada toʻplanib qolgan fuqarolar haqida

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi axborotiga koʻra, Rossiya-Qozogʻiston chegarasi “Mashtakovo” va “Sagarchin” nazorat-oʻtkazish punktlari yaqinida Oʻzbekiston fuqarolari toʻplangani kuzatilmoqda.

"Mazkur masala mamlakatimizning Moskva va Nur-Sulton shaharlaridagi elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan nazoratga olingan, Rossiya va Qozogʻistonning vakolatli organlari bilan muzokaralar olib borilmoqda", - deyiladi xabarda.

TIV Operativ shtabi ushbu vaziyat toʻgʻrisida maʼlumotni Respublika maxsus komissiyasiga kiritdi.

1-iyundan buyon Rossiyaning turli shaharlaridan 25 ta charter reyslari tashkillashtirildi hamda hafta oxirigacha Novosibirsk, Qozon, Yekaterinburg, Moskva, Rostov-Don shaharlariga navbatdagi reyslarni amalga oshirish kutilmoqda.

Shu munosabat bilan Rossiya hududida boʻlib turgan fuqarolarimizdan Rossiya-Qozogʻiston davlatlararo chegarasini kesib oʻtish punktlariga borishga urinmasliklarini, hozirda boʻlib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin choralariga qatʼiy rioya etishlarini soʻraymiz, deyilgan TIV xabarida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala