Jamiyat

Moskvada Habib Nurmagomedovning otasi vafot etdi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishAbdulmanap Nurmagomedov
Abdulmanap Nurmagomedov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Moskvada rossiyalik UFC jangchisi Habib Nurmagomedovning otasi – Abdulmannop Nurmagomedov vafot etdi. Bu haqda Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov maʼlum qildi.

TOSHKENT, 3 iyul — Sputnik. Moskvada UFC jangchisi Habib Nurmagomedovning otasi – Abdulmannop Nurmagomedov vafot etdi. Bu haqda Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov oʻzining Telegram-kanali orqali maʼlum qildi.

Abdulmanal Nurmagomedov - otets boytsa Xabiba Nurmagomedova - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
OAV: Xabib Nurmagomedovning otasi komada

"Doʻstlar, menga Abdulmannop Nurmagomedov dunyoni tark etgani haqida qaygʻuli xabar yetib keldi. Chechen xalqi nomidan Abdulmannop Magomedovichning oilasiga hamdardlik bildiraman", - deb yozgan Qodirov.

Soʻnggi haftalarda Nurmagomedovning otasi ogʻir ahvolda Moskva shifoxonalaridan birining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgandi.

May oyi boshida Abdulmannop Nurmagomedov Maxachkaladan Moskva kasalxonasiga yotqizish uchun maxsus bortda olib kelingani haqida xabarlar paydo boʻldi. Abdulmannop Nurmagomedov koronavirus testidan oʻtgan, ammo tahlil natijalari ommaga eʼlon qilinmagandi.

14 may kuni esa Abdulmannop Nurmagomedov insultni boshdan kechirgani va koma holatiga tushgani toʻgʻrisida xabar berilgandi.

Abdulmannop Nurmagomedov 57 yoshda edi. U Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy va nafaqat oʻgʻli, balki bir qator mashhur rossiyalik UFC jangchilari bilan ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0