Dunyoda

Guterrish Armaniston-Ozarbayjon chegarasida harbiy harakatlarni toʻxtatishga chaqirdi

© Sputnik / Roman Maxmutov / Fotobankka oʻtishGeneralnыy sekretar Organizatsii Obʼyedinennыx Natsiy (OON) Antoniu Guterresh
Generalnыy sekretar Organizatsii Obʼyedinennыx Natsiy (OON) Antoniu Guterresh - Sputnik Oʻzbekiston
BMT bosh kotibi Armaniston-Ozarbayjon chegarasida otishmalar, shu jumladan, ogʻir quroldan foydalanganlik haqida xabarlardan qattiq xavotirda.

TOSHKENT, 14 iyul - Sputnik. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Armaniston-Ozarbayjon chegarasida harbiy harakatlarni zudlik bilan toʻxtatishga va vaziyatni barqarorlashtirishga chaqirmoqda. Bu haqda bosh kotibning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik maʼlum qildi

“Bosh kotib harbiy harakatlarni zudlik bilan toʻxtatishga chaqiradi hamda barcha ishtirok etuvchi tomonlardan vaziyatni yumshatishga oid choralar koʻrishni iltimos qiladi”, - deyiladi Dyujarrik bayonotida.

Gosudarstvennыe flagi stran-uchastnits ODKB - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
KXSHT Boku va Yerevanni zudlik bilan chegarada oʻt ochishni bas qilishga chaqirdi

Uning soʻzlariga koʻra, bosh kotib, shuningdek, ularni fitnali savollardan oʻzini tiyib turishga chaqirgan.

Dyujarrikning taʼkidlashicha, bosh kotib Armaniston-Ozarbayjon chegarasida otishmalar, shu jumladan, ogʻir quroldan foydalanganlik haqida xabarlardan qattiq xavotirda.

Shuningdek, u, Guterrish bugun YEXHT Minsk guruhining hamraislari tomonidan berilgan bayonotni eʼtiborga olganini taʼkidladi. Dyujarrikning soʻzlariga koʻra, BMT bosh kotibi hamraislarning ushbu xavfli vaziyatni hal qilish va uzoq vaqtdan beri davom etayotgan Togʻli Qorabogʻ mojarosini tinch yoʻl bilan hal etish yoʻlidagi saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlaydi.

Kontrolno-propusknoy punkt na granitse - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Bu urushdan hech kimga naf yoʻq: ekspert Armaniston va Ozarbayjon mojarosi haqida

Yakshanba kuni Ozarbayjon va Armaniston chegarasida –Gruziya va mos ravishda Tavush viloyati bilan chegaradosh Tovuz tumanida - tan olinmagan, vaziyati tinch turgan Togʻli Qorabogʻdan bir necha yuz kilometr narida harbiy toʻqnashuvlar roʻy berdi. Otishma joyida Movses qishlogʻi yaqinida harbiy postlar joylashgan.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi oʻz pozitsiyalarini Armaniston harbiylari tomonidan oʻqqa tutilganini maʼlum qildi. Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon harbiylari artilleriya yordamida arman tayanch punktini egallab olishga harakat qilganliklarini maʼlum qildi. Boku maʼlumotiga koʻra, toʻrt nafar ozarbayjon askari halok boʻlgan. Arman tomonining taʼkidlashicha, ikki politsiyachi va uch harbiy yaralangan va bir necha harbiy halok boʻlgan. Otishma dushanba kuni davom etdi, xususan, Yerevan, Boku Armaniston hududini 15-20 minut oraliq bilan oʻqqa tutayotganini maʼlum qildi. Ozarbayjon va Armaniston oʻqqa tutish aybini bir-birlariga agʻdarmoqda. Rossiya TIV Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatdan xavotirdaligini va vaziyatni barqarorlashtirishda tomonlarga yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala