Analitika

Rossiyaning "Antey" atom kemasi Boltiq dengizida nima qilyapti?

© Sputnik / Pavel Lvov / Fotobankka oʻtishRossiyskiy atomnыy podvodnыy raketonosnыy kreyser proyekta 949A "Antey" K-410 "Smolensk"
Rossiyskiy atomnыy podvodnыy raketonosnыy kreyser proyekta 949A Antey K-410 Smolensk  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shvetsiyaning SVT telekanali trevoga koʻtarmoqda: Rossiyaning "Antey" atom suv osti kemasi Boltiq dengiziga kirdi, u uzoq masofali qanotli raketalar va yadro quroliga ega torpedalarni tashishga qodir.

Mahalliy mutaxassislar tomonidan RFning bu harakatlari kuch namoyishi sifatida baholanmoqda. Kemaning ancha oldindan rejalashtirilgan - Rossiya harbiy dengiz floti kuni sharafiga Bosh harbiy-dengiz paradida ishtirok etishi Skandinaviya harbiylari va mutaxassislari tomonidan eʼtiborga olinmadi.

S podvodnogo kreysera Yuriy Dolgorukiy zapustili chetыre raketы Bulava po poligonu Kura - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya suvosti kemalari “Bulava” va “Sineva” ballistik raketalarini ishga tushirdi

Shvetsiya Mudofaa tadqiqotlari instituti tadqiqot boʻlimi boshligʻi Niklas Granxolm yaqin bir necha hafta ichida Rossiya harbiy-dengiz flotining qandaydir mashgʻulotlari boʻlib oʻtishini taxmin qilmoqda. Uning qayd etishicha, ikkita yadroviy reaktorga ega 150 metrlik submarina Boltiqboʻyi uchun juda katta va xavfli. Shvetsiyaning 60 metrli dizel suv osti kemalari u bilan taqqoslaganda yutqazishi aniq. "Antey" - bu Rossiya harbiy qudrati namoyishidir, deya xulosa qiladi harbiy ekspert.

Rusiyzabon nashr boʻlgan "Stockholm seychas" yana bir mutaxassis, xavfsizlik boʻyicha maslahatchi Yoakim fon Braun fikridan iqtibos keltiradi: "Rossiya harbiylari bizga aniq signal yoʻllashmoqda: ular bizga oʻzlarining ulkan va kuchli ekanliklarini  koʻrsatmoqdalar". Shvetsiya qurolli kuchlari Boltiqboʻyidagi vaziyatni kuzatmoqda. Daniyaliklar birinchi boʻlib 150 metrlik "ignani pichan ichida" aniqlagani, yaʼni Rossiyaning K-266 "Orel" suv osti raketali kreyserini suv usti holatida va 15 uzel tezlikda (27 km/soat atrofida) aniqlaganidan behad faxrlanmoqda.

Poligonnыe ispыtaniya kompleksa Poseydon - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada atom suvosti kemasi “Poseydon” sinovdan oʻtkazildi - video

Boltiq dengizi nima degan gap, axir endi butun Atlantika okeani xavf ostida. Gʻarb mutaxassislari taʼkidiga koʻra, soʻnggi yillarda Rossiya suv osti kemalari oʻz xarakteristikasini, ekipajlar esa – mahoratini sezilarli yaxshiladi. Uzoq masofalarga harakatlanuvchi suv osti kemalari NATO uchun bosh ogʻrigʻiga aylandi, axir ular sal oldin Shimoliy Atlantikada oʻz hukmronligini yoʻqotganligini eʼlon qilishgan edi. Har qanday holatda ham, Boltiqboʻyida nima roʻy bermoqda?

Raketa tashuvchi yadroviy qurilmaga ega K-266 "Orel" atom suvosti kemasi haqiqatan Shimoliy flotdan Boltiq dengizining Fin koʻrfaziga harakatni amalga oshirdi. RF Mudofaa vazirligi buni yashirgani yoʻq. Yana bir narsa maʼlum: 949A "Antey" loyihasidagi submarinalar birinchi navbatda dushman tomonning aviatashuvchi guruhlariga qarshi kurash uchun moʻljallangan va shu bois Boltiqboʻyi mamlakatlari hotirjam uxlashlari mumkin (ularda avianosetslar yoʻq). NATOning Yevropadagi harbiy-dengiz kuchlari ham "Oryol"ning nishoniga aylanmaydi.

Ispыtaniye novoy ballisticheskoy raketы «Sarmat» - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Rossiyaga yangi qitʼalararo ballistik raketa nima uchun kerak

Rossiya yadroviy suv osti kemasining Boltiq dengiziga sayohati maqsadiga doir savolga javob yuzada qalqib turibdi. Rossiyada iyul oyining oxirgi yakshanbasi(yaʼni 2020 yilda - 26 iyulda)da harbiy dengiz floti kuni nishonlanadi. Shu bois, bugungi kunda Boltiqboʻyi mintaqasi davlatlaridagi HDK ekspertlari atom kemasi "Antey"ning tashrifi maqsadi boʻyicha turli xayollarga berilishlari ajablanarli.

Eslatib oʻtaman, 2018 yilda "Oryol" kreyseri Boltiq dengizidagi Fin koʻrfazida oʻtgan Rossiya Bosh harbiy-paradida Shimoliy flotni namoyish etgan edi. Garchi ekipaj oʻsha vaqtda ham, 2020 yilda ham Severomorsk va Kronshtadt oʻrtasidagi 1500 dengiz milidan oshiq (taxminan 2800 km) bosib oʻtishga toʻgʻri kelgan boʻlsa-da, bu faqatgina tinchlik missiyasi boʻldi.

"Antey" hamkorlarni xafa qilmaydi

Uchinchi avloddagi 949A "Antey" loyihasining suv osti kemalari ("Oryol", "Smolensk". "Voronej", "Omsk", "Tver" va boshqalar) dushman aviatashuvchilariga va qirgʻoq nishonlariga harakat masofasi 500 kmga teng "Granit" tovushdan yuqori tezlikdagi qanotli raketalari bilan raketa hujumlarini amalga oshirish uchun yaratilgan.

 Unikalnыe kadrы zagruzki Yarsov v puskovuyu ustanovku - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Bunaqasini koʻrmagansiz – ballistik raketani shaxtaga joylash videosi

Ular qalinligi 45-68 mm boʻlgan poʻlatdan yasalgan mustahkam tsilindrsimon korpusga (10 ta boʻlinma) va ufqqa 45 daraja burchak ostida (suv ostidan uchirish uchun) kemalarga qarshi raketalarni uchirish moslamalariga ega. Konstruktsiyasi arktik kengliklarda suzish uchun mustahkamlangan. Shu bilan birga, "Antey" narxi Amerikaning "Nimits" tipidagi aviatashuvchisi narxidan taxminan 10 baravar arzonroq.

K-266 "Oryol" suv osti kreyseri 1993 yildan beri Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining jangovar tarkibida. 2017 yilda takomillashtirilganidan soʻng, u bortida P-800 "Oniks" kemalarga qarshi raketa tizimigi ega boʻldi, uning oʻq-dorilar zaxirasi - 72 dona ZM-45 raketalari va 24 dona har xil turdagi torpedalar. Taqqoslash uchun, Shimoliy flotning yetakchisi, "Petr Velikiy" ogʻir yadroviy raketa kreyseri, atigi 20ta kemaga qarshi raketalar bilan jihozlangan.

"Oryol" yangi avtomatlashtirilgan jangovar boshqaruv tizimi, gidroakustika tizimi va past shovqinli vintlar hisobiga oʻz imkoniyatlarini oshirdi. Avvalroq  maʼlum boʻldiki, chuqur takomillashtirish jarayonida "Antey" shuningdek, 2500 kmgacha boʻlgan masofadagi nishonga zarba berishga imkoni bor "Kalibr" raketa tizimlari bilan jihozlanmoqda.

Parad v Pekine po sluchayu 70-letiya okonchaniya Vtoroy mirovoy voynы - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Sharq shamoli": Xitoy eng yangi mintaqalararo ballistik raketani koʻz-koʻz qildi

Qanday boʻlmasin, "Orel” yadroviy suv osti raketa kreyseri noyob jangovar xususiyatlarga ega, 600 metr chuqurlikgacha shoʻngʻish qobiliyatiga ega, 24 ming tonna suv sigʻimiga ega, uzunligi 155 metr, suv osti tezligi 32 uzelgacha (taxminan 59km/s), avtonomiya - 120 kun, ekipaj - 130 kishi. Kema koʻplab mashqlar va yurishlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi, ikki marta dengiz nishoniga oʻq uzgani uchun dengiz flotining bosh qoʻmondoni mukofotinining qoʻlga kiritdi.

Kilvater chizigʻi boʻylab magʻrur tartibda

13 iyul kuni Rossiya harbiy-dengiz floti bosh qoʻmondoni admiral Nikolay Yevmenov shunday dedi: “Bosh dengiz paradida ishtirok etish uchun Shimoliy flot kemalarining tarkibiga "Vitse-admiral Kulakov" kemalarga qarshi kemasi va "Oryol" yadroviy suv osti raketa kreyseri kirgan kemalar otryadi Fin koʻrfaziga yetib keldi. Yaqin kunlarda otryad parad tadbirlariga tayyorgarlikni boshlaydi". Kronshtadt reydining akvatoriyasi katta suv sigʻimiga ega kemalarni vaqtincha joylashtirishga tayyor.

Pusk protivokorabelnoy raketы s nazemnogo kompleksa - Sputnik Oʻzbekiston
Video
"Iblis "Bal"i: Qrimda RF Harbiy kuchlarining kemalarga qarshi qudratli tizimi sinovdan oʻtdi

Flotlararo oʻtish paytida "Vitse-admiral Kulakov" katta kemalarga qarshi raketa kemasi va "Orel" yadroviy raketa suv osti kreyseri ekipajlari havo mudofaasi va suv osti kemalariga qarshi mudofaa, kechasi va kunduzi signal almashinuvi, omon qolish qobiliyati uchun kurash boʻyicha bir qator harbiy mashqlarni bajardilar. Vaxta zobitlari va shturmanlari Baltika dengizi akvatoriyasining navigatsion xususiyatlarini hisobga olgan holda qimmatli tajribaga ega boʻlishdi.

Yirik suv sigʻimili kemalar parad tartibining mashqlari boshlandi. Kronshtadt reydida bayramga “Oryol” kreyseri bilan birgalikda "Vitse-admiral Kulakov" katta kemalarga qarshi kemasi, "Minsk" va “Korolev” katta desant kemalari tayyorgarlik koʻrmoqda. Ekipajlar aloqa va oʻzaro hamjihatlik, kilvater safida belgilangan tezlikda va kurs boʻyicha harakatlanishni ishlab chiqmoqdalar. Kronshtadtning (hatto Baltika dengizchilari uchun ham) qiyin akvatoriyasida oʻtish uchun vaxtadagi zobit va shturman mutaxassislarining tayyorgarligi tekshirilmoqda.

Podvodnыy kreyser Knyaz Vladimir vozobnovil zavodskiye xodovыe ispыtaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Rossiyaning soʻnggi suv osti kemalari yana AQShni qoʻrquvga soldi

Zamonaviy Baltika dengizi floti - bu Rossiyaning Gʻarbiy yoʻnalishdagi himoya nuqtasi, kemalar kuchlari, dengiz aviatsiyasi, havo mudofaasi, qirgʻoq kuchlari va yagona operativ va texnik taʼminot idoralarini birlashtiruvchi turli xildagi operativ va strategik birlashma.

Bosh paradga jalb qilingan harbiy-dengiz kuchlarining katta qismi va vositalari (oʻnlab kemalar, samolyotlar va vertolyotlar) bayramni strategik operatsiya koʻrinishiga aylantiradi. Maqsadlar tinchlik uchun, tashkilashtirish - jangovardir. Bu odatiy hol. Boltiq dengizida Rossiya HDF mavjudligi tahdid soluvchi harbiy qudrat namoyishi emas, balki 317 yillik muddatga ega tarixiy faktdir. Va raketa tashuvchi K-266 "Oryol" atom suv osti kreyseri bu yerda – mehmonda emas, aksincha oʻz uyidadir.

Yangiliklar lentasi
0