Rossiya AQShning "super-puper" raketalarini tutib olishga qodir, deb hisoblaydi ekspert

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishTrenirovka voyennoy texniki k paradu Pobedы v Yekaterinburge
Trenirovka voyennoy texniki k paradu Pobedы v Yekaterinburge - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Petagon sal oldin gipertovushli qurol ishlab chiqarish sohasida Rossiya va Xitoydan orqada ekanligini tan olgan edi.

TOSHKENT, 17 iyul - Sputnik. Rossiya AQShning gipertovushli raketasini, u amerika armiyasi qurollari safiga qabul qilingach,  tutib olishga qodir boʻladi, dedi RIA Novostiga juma kuni "Milliy mudofaa" jurnali bosh muharriri Igor Korotchenko.

Rossiyskiy atomnыy podvodnыy raketonosnыy kreyser proyekta 949A Antey K-410 Smolensk  - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Rossiyaning "Antey" atom kemasi Boltiq dengizida nima qilyapti?

Sal oldin Pentagon prezident Donald Tramp "super-puper", deya atagan yangi gipertovushli raketa sinovlar vaqtida tovush tezligini 17 karra ortda qoldirganligini tasdiqlagan edi.

"AQSH Qurolli kuchlari gipertovushli qurolni qoʻlga kiritgach, bizning qoʻshinlarimiz turli nishonlarni, jumladan, gipertovushli nishonlarni ham tutib olishga qodir boʻlgan beshinchi avlod S-500 zenit raketa tizimiga ega boʻladi. Bundan tashqari, Rossiya qurollari orasida hozirda mavjud boʻlgan S-400 va Buk-M3 hamda Tor-M2 tizimlari ham oʻz masʼuliyati chegarasida gipertovushli nishonlarni samarali yoʻq qilishi mumkin", - dedi Korotchenko.

Ekspert, Rossiya va AQSH oʻrtasidagi gipertovushli texnologiyalar sohasidagi tafovut haqida gapirar ekan, gap bir necha yillar haqida borayotganini qayd etdi. Suhbatdoshning eslatishicha, to amerika gipertovushli raketalari parvoz sinovlaridan oʻtar ekan, RF QK qurollari safida bir nechta seriyadagi namunalar, jumladan, "Kinjal" va "Tsirkon" deb ataluvchi dengiz gipertovushli raketasi turganini qayd etdi.

Kompleks PVO - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
S-500 kosmosda gipertovushli qurollarni yakson qilishi mumkin - Rossiya Havo-kosmik kuchlari

Pentagon sal oldin gipertovushli qurol ishlab chiqarish sohasida Rossiya va Xitoydan orqada ekanligini tan olgan edi. Rossiyalik ekspertlar bu ortda qolishni taxminan besh yilga baholadilar.

S-500 "Prometey" "Yer-havo" zenit-raketa tizimlarining yangi avlodiga kiradi. Bu raketaga qarshi mudofaaning kuchaytirilgan qobiliyati uzoq masofalarda harakatlanuvchi va balandliklarda tutish imkoniyatiga ega universal kompleksdir. Ushbu istiqbolli tizim nafaqat ballistik, balki aerodinamik nishonlarni (samolyot va vertolyotlar) va qanotli raketalarini ham yoʻq qilishga qodir.

S-500ning yoʻq qilish radiusi 600 kilometrga yaqin masofani tashkil etadi. Bundan tashqari, tizim soniyasiga 7 kilometr tezlikda uchayotgan oʻntagacha ballistik supertovush nishonlarni, shuningdek, gipertovushli raketalarning jangovar bloklarini aniqlash va yoʻq qilishga qodir.  Oʻz xususiyatlari boʻyicha S-500 hozirda armiya qurollari safida boʻlgan S-400 va uning amerikancha raqibi Patriot Advanced Capability-3dan ancha katta ustunlikka ega boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0