Jamiyat

Koronavirusga chalingan bemorlarda eshitish qobiliyati yomonlashadi - olimlar

© Sputnik / Tatiana Makeeva / Fotobankka oʻtishMeditsinskiy rabotnik v statsionare dlya bolnыx COVID-19 v Tverskoy oblastnoy klinicheskoy bolnitse
Meditsinskiy rabotnik v statsionare dlya bolnыx COVID-19 v Tverskoy oblastnoy klinicheskoy bolnitse - Sputnik Oʻzbekiston
Tadqiqotchilar koronavirusga chalingan 121 nafar bemor bilan aloqada boʻlganlar. Ulardan baʼzilari eshitish muammolaridan shikoyat qilishgan

TOSHKENT, 1 avg — Sputnik. Britaniyalik olimlar koronavirus eshitish bilan bogʻliq jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, degan xulosaga kelishdi.

V Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayuщix iz zarubeja - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar 24 mingdan oshdi

Manchester universiteti (Buyuk Britaniya) audiologlari oʻtkazgan tadqiqotlar natijalari haqida Daily Mail xabar bergan.

Mutaxassislar Uaytensho kasalxonasida koronavirusga chalingan 121 nafar bemor holatini kuzatuvga olganlar. Ularning 16 nafarida kasalxonadan chiqqanidan soʻng sakkiz hafta oʻtgach eshitish qobiliyati yomonlashgan - teng yarmida quloqlarida shovqin paydo boʻlgan, qolgan qismi esa yaxshi eshitmay qolgan.

Universitetning yetakchi tadqiqotchisi Kevin Manroning aytishicha, COVID eshitish tizimining barcha qismlari, shu jumladan, oʻrta quloq yoki ichki quloqda muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Eshitish nervidan miyaga signal yuborish tizimi ham shikastlanishi mumkin. Giyen-Barre sindromi deb ataluvchi holat eshitish nevropatiyasi bilan bogʻliq boʻlib, uning koronavirus bilan bogʻliqligi maʼlum, deya taʼkidlagan tadqiqotchi.

Vaktsina ot COVID-19 vo vremya testirovaniya v issledovatelskom tsentre vaktsin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada koronavirusga qarshi vaktsinaning 26 ta varianti yaratilmoqda

Mutaxassislar tadqiqotning barcha ishtirokchilarini ular kasalxonadan chiqqanlaridan keyin telefon orqali soʻroq qilganlar. Yana 16 kishi eshitish qobiliyatidan shikoyat qilgan. Toʻrt kishi ahvoli yomonlashganini aytgan, ammo ular koronavirus bilan kasallanishdan oldin ham muammolarga duch kelganliklarini taʼkidlashgan. Sakkiz nafarining quloqlarida shovqin paydo boʻlgan.

Tadqiqot natijalari, COVID-19, ayniqsa muammolari boʻlgan kishilarda quloq uchun uzoq yomon oqibatlarni keltirishi mumkin, degan xulosalarni bermoqda, deb yozadi Daily Mail.

Manro, tadqiqotlarga qaramay, eshitish qobiliyatiga boshqa omillar ham taʼsir qilishi mumkinligini aytadi. Uning soʻzlariga koʻra, bularga stress va havotir, muloqotni qiyinlashtiruvchi niqoblar, COVID-19 qarshi qabul qilinadigan va quloqlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan dori preparatlari yoki jiddiy kasallik bilan bogʻliq boshqa omillar kiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala