Oʻzbekistonda avgust oyida ob-havo qanday boʻladi?

© Sputnik / Maksim BlinovOtdыxayuщiye v parke iskusstv Muzeon v Moskve
Otdыxayuщiye v parke iskusstv Muzeon v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Avgust harorati oʻrtacha koʻp yillik qiymatlarga yaqin boʻlishi kutilmoqda. Qisqa muddatli yomgʻirlar asosan respublikaning togʻli va togʻoldi hududlarida kuzatiladi.

TOSHKENT, 1 avg - Sputnik. Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy hududlariga Volgaboʻyidan nam va salqin havo oqimi kirdi. Shu bois, avgust oyi boshida nam va salqin havo butun respublika hududiga tarqaladi, deb xabar qiladi Oʻzgidromet bosh sinoptigi Irina Zaytseva.

Tashkenttsы kupayutsya v fontane, spasayas ot jarы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sinoptiklar Oʻzbekistonda jazirama yozni prognoz qilmoqda

1 avgustda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomgʻirlar faqat Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarida kuzatilishi mumkin, mamlakatning qolgan hududida yogʻingarchilik boʻlmaydi, harorat 30-33 daraja atrofida boʻladi.

2 avgustda respublikaning katta qismida ob-havoning yana kam bulutli va quruq boʻlishi kutilmoqda, faqat baʼzi togʻli va togʻoldi hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Keyingi haftada ob-havo yogʻingarchiliksiz boʻladi. Harorat asta koʻtariladi va yana 36-39 darajani tashkil qiladi.

Snejinka. Krupnыy plan - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sinoptiklar: Moskvada yozda qor yogʻishi - bu odatiy hol

Keyinchalik avgust harorati oʻrtacha koʻp yillik qiymatlarga yaqin boʻlishi kutilmoqda. Qisqa muddatli yomgʻirlar asosan respublikaning togʻli va togʻoldi hududlarida kuzatiladi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja atrofida, ayrim kunlarda 40 darajagacha boʻlishi kutilmoqda.

Oyning soʻnggi oʻn kunligida kunduzgi harorat 28-33 darajagacha pasayishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, avgust oyi Oʻzbekistonda yilning eng quruq oyi hisoblanadi.

Avgust oyida yogʻingarchilikli kunlar oʻrtacha 1-2 kunni, Farhona vodiysi va togʻlarda −3-6 kunni tashkil qiladi. Oʻrtacha yogʻinlar miqlori mamlakatimiz hududining katta qismida 1-2 mm, ayrim joylarda 3-4 mm, togʻoldi va togʻlarda 10-20 mm ni tashkil qiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala