Jamiyat

Koronavirusdan tuzalganlardan ham niqob taqib yurish talab etiladi – shtab aʼzosi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchintsev / Mediabankka oʻtishDevushka v zaщitnoy maske so smartfonom v rukax - arxivnoye foto
Devushka v zaщitnoy maske so smartfonom v rukax - arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonda koronavirusni boshdan kechirganlarga ham karantin qoidalariga rioya qilgan holda niqob taqib yurishlari kerak.

TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda karantin qoidalariga rioya qilish uchun koronavirusdan tuzalganlardan ham niqob taqib yurishi kerak. Bu haqda AOKAdagi brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva maʼlum qildi.

Shtab aʼzosiga kasallikni yengil darajada oʻtkazgan fuqaro endi koʻchaga tibbiy niqobsiz ham chiqsam boʻladi degan savol bilan yuzlandi. U shifokorlar davolangandan soʻng kasallikka immunitet hosil boʻlishini aytishganini maʼlum qilgan.

Meditsinskiy rabotnik vozle krovati patsiyenta - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 30 mingdan oshdi

“Kasallanib tuzalgandan soʻng immunitet hosil boʻladi, lekin bugungi kunda bizda karantin qoidalari boʻyicha niqobsiz yurish mumkin emas. Shuningdek, kasallikdan tuzalgan boʻlsangiz ham, hali organizmingiz tiklanmagan, tibbiy niqobsiz yurib boshqa yuqumli kasalliklarga chalinish imkoniyatingiz kuchayadi va siz boshqa kasallik bilan kasallanishingiz mumkin”, - dedi Ubaydullayeva.

Shu bois tibbiy niqobni karantin qoidalariga rioya qilgan holda taqib yurish talab etiladi.

Eslatib oʻtamiz, mamlakatda 25 martdan jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangan. Ushbu harakatni sodir etgan shaxs 1 mln 115 ming soʻm miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0