TOSHKENT, 10 avg — Sputnik. Rossiyada Google taqiqlangan havolalarni bergani uchun bir yarim million rubl jarimaga tortildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Taʼkidlanishicha, kompaniya takroran qoidabuzarlik uchun javobgarlikka tortilgan. Sud ajrimi qonuniy kuchga kirgan, javobgar jarimani hali toʻlamagan.
Rossiyada 2018 yil 1 oktyabrdan qidiruv tizimlari maʼlumotlar taqiqlangan yagona reyestrga ulanishlari va undagi saytlarni qidiruv natijalaridan istisno qilishlari shart.
Reyestrga ulanmagan Google avval ham bir necha marta Rossiyada taqiqlangan saytlarni qidiruv natijalaridan yetarlicha istisno qilmagani uchun jarimaga tortilgan.