Siyosat

Belarusdagi noroziliklar Gʻarb tomonidan tashkillashtirilgan - RF FK

© Sputnik / Fotobankka oʻtishProtestы v Belarusi
Protestы v Belarusi - Sputnik Oʻzbekiston
"Minsk va boshqa belarus shaharlarida davom etayotgan norozilik aktsiyalari Belarusdagi vaziyatni izdan chiqarish uchun gʻarb davlatlari tomonidan tashkillashtirilgan, dedi RIA Novostiga senator Oleg Melnichenko.

TOSHKENT, 11 avg - Sputnik. Federatsiya kengashida Belarusdagi noroziliklar Gʻarb tomonidan tashkillashtirilganligini aytishdi. RIA Novosti xabari asosida.

Para na skutere pered OMONom vo vremya aktsii protesta posle zakrыtiya izbiratelnыx uchastkov na prezidentskix vыborax v Belarusi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Belarusda namoyishchilar va OMON oʻrtasida toʻqnashuvlar yuz berdi - video

"Minsk va boshqa belarus shaharlarida davom etayotgan norozilik aktsiyalari Belarusdagi vaziyatni izdan chiqarish uchun gʻarb davlatlari tomonidan tashkillashtirilgan, dedi RIA Novostiga senator Oleg Melnichenko.

U dushanba kuni Minskdan qaytgan, Melnichenko u yerda MDH PAA guruhi koordinatori sifatida Belarusdagi prezident saylovlari borishini kuzatgan edi.

"Minskdagi bu tartibsizliklarning barchasi xorijiy hamkasblarimiz tomonidan Belarusdagi ichki siyosiy holatni izdan chiqarish maqsadida foydalaniladigan texnologiyalar tufayli yuzaga kelgan. Bu yerda, AQShsiz ham kechmagan, albatta", - dedi Melnichenko.

Protestы v Belarusi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Polsha bosh vaziri Belarusdagi saylovlar boʻyicha YEI sammitini oʻtkazishga chaqirmoqda

Yakshanba kuni Belarusda prezident saylovlari boʻlib oʻtdi. MSK taqdim maʼlumotlarga koʻra, Lukashenko 80,08% ovoz olgan, ikkinchi oʻrinda 10,09% ovoz bilan Svetlana Tixanovskaya kelmoqda.

Yakshanba va dushanba kunlari Belarusning qator shaharlarida ommaviy sanktsiyalanmagan norozilik aktsiyalari boʻlib oʻtdi. Miting qatnashchilari Minsk markazida axlat baklaridan barrikadalar tashkil qildilar. Militsiya ularga qarshi koʻz yosh keltiruvchi gaz, vodomet va yorugʻlik granatalarini qoʻlladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala