Belarusdagi noroziliklar G‘arb tomonidan tashkillashtirilgan - RF FK

© Sputnik / Mediabankka o‘tishProtesti v Belarusi
Protesti v Belarusi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Minsk va boshqa belarus shaharlarida davom etayotgan norozilik aksiyalari Belarusdagi vaziyatni izdan chiqarish uchun g‘arb davlatlari tomonidan tashkillashtirilgan, dedi RIA Novostiga senator Oleg Melnichenko.

TOShKENT, 11 avg - Sputnik. Federatsiya kengashida Belarusdagi noroziliklar G‘arb tomonidan tashkillashtirilganligini aytishdi. RIA Novosti xabari asosida.

Para na skutere pered OMONom vo vremya aksii protesta posle zakritiya izbiratelnix uchastkov na prezidentskix viborax v Belarusi - Sputnik O‘zbekiston
Belarusda namoyishchilar va OMON o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi - video

"Minsk va boshqa belarus shaharlarida davom etayotgan norozilik aksiyalari Belarusdagi vaziyatni izdan chiqarish uchun g‘arb davlatlari tomonidan tashkillashtirilgan, dedi RIA Novostiga senator Oleg Melnichenko.

U dushanba kuni Minskdan qaytgan, Melnichenko u yerda MDH PAA guruhi koordinatori sifatida Belarusdagi prezident saylovlari borishini kuzatgan edi.

"Minskdagi bu tartibsizliklarning barchasi xorijiy hamkasblarimiz tomonidan Belarusdagi ichki siyosiy holatni izdan chiqarish maqsadida foydalaniladigan texnologiyalar tufayli yuzaga kelgan. Bu yerda, AQShsiz ham kechmagan, albatta", - dedi Melnichenko.

Protesti v Belarusi - Sputnik O‘zbekiston
Polsha bosh vaziri Belarusdagi saylovlar bo‘yicha YeI sammitini o‘tkazishga chaqirmoqda

Yakshanba kuni Belarusda prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. MSK taqdim ma’lumotlarga ko‘ra, Lukashenko 80,08% ovoz olgan, ikkinchi o‘rinda 10,09% ovoz bilan Svetlana Tixanovskaya kelmoqda.

Yakshanba va dushanba kunlari Belarusning qator shaharlarida ommaviy sanksiyalanmagan norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi. Miting qatnashchilari Minsk markazida axlat baklaridan barrikadalar tashkil qildilar. Militsiya ularga qarshi ko‘z yosh keltiruvchi gaz, vodomet va yorug‘lik granatalarini qo‘lladi.

Yangiliklar lentasi
0