Kuryer v Moskve. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya

Rossiyada oʻzbekistonlik migrantlarni til va kasbga oʻrgatish qanday tashkil etiladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka oʻtishInostrannыe grajdane proxodyat elektronnoye testirovaniye na znaniye russkogo yazыka
Inostrannыe grajdane proxodyat elektronnoye testirovaniye na znaniye russkogo yazыka - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiyada oʻzbekistonlik migrantlar kechki payt (ish vaqtidan keyin) kasb-hunar va rus tilini oʻrganishi mumkin boʻladi.

TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. Rossiyada mehnat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya taʼlim muassasalarida kasb-hunarga va rus tiliga oʻqitishni tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu Shavkat Mirziyoyev 11 avgust kuni imzolagan qarorda belgilab qoʻyilgan.

Masʼullar va tegishli vazirliklarga uch oy muddatda Oʻzbekiston fuqarolari koʻpchilikni tashkil etgan Rossiya hududlarida davlat hamda nodavlat taʼlim muassasalari va markazlari bilan muzokaralar olib borish va ularni kasb-hunarga va rus tiliga, ayniqsa, kechki payt (ish vaqtidan keyin) oʻqitishni tashkil etish vazifasi topshirilgan.

Gap Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Yekaterinburg, Novosibirsk va boshqa shaharlar haqida bormoqda.

Premyer-ministra, ministr investitsiy i vneshney torgovli RUz Sardor Umurzakov - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Oʻzbekiston hukumati va oʻzbek diasporasi tashkilotlari muloqoti: nimalarga kelishildi

Bundan tashqari, Rossiya xalqlar doʻstligi universiteti (RUDN) va “Molodыe professionalы (WorldSkills Russia)” ittifoqi bilan bu borada hamkorlik oʻrnatish choralarini koʻrish belgilangan.

Xarajatlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Yangiliklar lentasi
0