Toshkentda 15 avgustdan metro ishga tushadi

Soat 6-00 dan eʼtiboran, Toshkent metropolitenining “Oʻzbekiston”, “Chilonzor” va “Yunusobod” liniyalari doimiy ish rejimida faoliyat yuritishni boshlaydi.

TOSHKENT, 14 avg - Sputnik. Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq ertaga, 15 avgustdan boshlab, Toshkent metropoliteni faoliyati qayta yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

Nachal kursirovat dopolnitelnыy poyezd Tashkent - Andijan - Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda 15 avgustdan mahalliy avia va temir yoʻl qatnovlari bosqichma-bosqich tiklanadi

"Soat 6-00 dan eʼtiboran, Toshkent metropolitenining "Oʻzbekiston", "Chilonzor" va "Yunusobod" liniyalari doimiy ish rejimida faoliyat yuritishni boshlaydi. Metro vagonlari doimiy ravishda qatnovga chiqishdan oldin va har bir qatnovni yakunlagandan soʻng toʻliq dezinfektsiyadan oʻtkaziladi", - deyiladi xabarda.

Sanitariya talablari doirasida yoʻlovchilarning metro stantsiyalari va poyezd vagonlari ichida tibbiy niqobda boʻlishlari talab etiladi, tibbiy niqobsiz yoʻlovchilar metro stantsiyalariga kiritilmaydi.

Toshkent metropolitenining "Yunusobod" liniyasida yangi qurib bitkazilgan bekatlarida, shuningdek, halqa metro liniyasining Doʻstlik – Qoʻyliq uchastkasida qatnovlar hozircha amalga oshirilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala