Hodisalar

Jizzaxning Zomin tumanida tez yordam shifokori kaltaklandi

© Sputnik / Kirill Braga / Fotobankka oʻtishBolnitsa, foto iz arxiva
Bolnitsa, foto iz arxiva - Sputnik Oʻzbekiston
Vafot etgan bemorning yaqinlari tez yordam shifokorini kaltaklashdi - feldsher shoshilinch xirurgiya boʻlimiga joylashtirildi.

TOSHKENT, 25 avg - Sputnik. Jizzaxning Zomin tumanida vafot etgan bemorning yaqinlari tomonidan kaltaklangan shifokor shoshilinch xirurgiya boʻlimida davolanmoqda, deb xabar qildi Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Skoraya pomoщ, Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qarshida tez yordamning erkak va ayol shifokorlari ayovsiz kaltaklandi

Xabarda aytilishiga koʻra, 23 avgust kuni soat 12:06 da Zomin tumani Oqtepa MFY J.Sulaymanov koʻchasida yashovchi fuqaro tomonidan tez yordam chqariladi. Tez fursat ichida yetib borgan tez yordam brigadasi 1939 yil tugʻilgan bemorni tekshiruvdan oʻtkazgach, uning umumiy ahvoli ogʻir boʻlganligi sababli shifoxonada statsionar sharoitda yotib davolanishi uchun olib ketish kerakligini aytadi. Bemorning yaqinlari bunga ruxsat berishmagani tufayli tez yordam brigadasi tomonidan zarur birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, kerakli maslahatlar beriladi.

Shu kuni soat 13:42 tez yordam brigadasi qayta chaqiriladi. Tez fursat ichida bemor xonadoniga yetib borgan shifokorlar biologik oʻlim yuz berganligini qayd etishadi. Shundan soʻng navbatchi feldsher E.I. bemorning yaqinlari tomonidan kaltaklanadi.

Feldsher E.I. zudlik bilan tuman tibbiyot birlashmasi qabul boʻlimiga olib kelingan vaqtda u karaxt holda koʻngli aynib, qayd qilishi kuzatilgan. Bemor tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazilib, shoshilinch xirurgiya boʻlimiga yotkizilgan.

Unga yopiq bosh miya chayqalishi, boʻyin sohasi yumshoq toʻqimlarining lat yeyishi, teri osti gematomasi tashxisi qoʻyilgan. Ayni paytda bemorga shifokorlar tomonidan zarur tibbiy muolajalar koʻrsatilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar boʻlimga xabar berilgan boʻlib, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmokda. Ushbu vaziyat Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala