Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting

Pandemiya davrida maktablarga qoʻyiladigan sanitariya talablari eʼlon qilindi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishShkolniki pered nachalom yedinogo gosudarstvennogo ekzamena v sredney obщeobrazovatelnoy shkole №13 Vladivostoka
Shkolniki pered nachalom yedinogo gosudarstvennogo ekzamena v sredney obщeobrazovatelnoy shkole №13 Vladivostoka - Sputnik Oʻzbekiston
Maktabga kirishdan avval, maktabning tibbiy xodimlari tomonidan "ertalabki filtrlash" boʻyicha maxsus punkt tashkil etilib, tegishi jurnal yuritiladi

TOSHKENT, 28 avg - Sputnik. "Oʻzbekiston Respublikasida COVID-19 pandemiyasi davrida umumiy oʻrta taʼlim maktablari va oʻrta maxsus maktab internatlarining faoliyatini tashkillashtirish boʻyicha vaqtinchalik sanitariya-epidemiologik talablar" Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi va hisobga olindi.

Ministr narodnogo obrazovaniya Uzbekistana Sherzod Shermatov - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Oʻzbekiston maktablarida oʻquv yili qanday boshlanadi - vazir Shermatov bilan intervyu

Mazkur hujjat COVID-19 pandemiyasi davrida mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, barcha umumtaʼlim maktablari va maxsus maktab internatlarning xavfsiz ish muhitini taʼminlashga qaratilgan ish faoliyatiga tatbiq etiladi.

Hujjatda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

- mashgʻulotlarni soat 8:00 dan soʻng boshlash va 17.30 dan kechiktirmasdan tugatish tavsiya etiladi, mashgʻulotlar uch smenada tashkillashtirilishi mumkin;

- pandemiya davrida ommaviy tadbirlar (yigʻilishlar, kontsertlar, tugʻilgan kunlar va shu kabilar) oʻtkazish vaqtincha toʻxtatiladi;

Rossiya pervoy v mire zaregistrirovala vaktsinu ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Koronavirusga qarshi vaktsinaning "foydasi yoʻqligiga" ishonmang - BSST

- barcha bolalar va ularning qonuniy vakillari niqoblarda kelishlari shart;

- maktabga kirishdan avval, maktabning tibbiy xodimlari/masʼul xodimlari tomonidan “ertalabki filtrlash” boʻyicha maxsus punkt tashkil etilib, tegishi jurnal yuritiladi;

- "ertalabki filtrlash" jarayonidan soʻng, oʻquvchilar kirish joylarida oʻrnatilgan maxsus dispenserdan antiseptik vosita yordamida qoʻllarini zararsizlantiradilar;

niqob/respiratorsiz maktabga kirishiga ruxsat berilmaydi. Bunda, niqob kamida har 3 soatda, respiratorlar kamida har 8 soatda oʻzgartirilishi lozim;

Proizvodstvo vaktsinы ot COVID-19  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Toʻqqizta vaktsina: Oʻzbekiston koronavirusga qarshi emlash dasturiga qoʻshildi

- sinflarda har bir oʻquvchiga 2 m² dan kam boʻlmagan maydon boʻlishi talab etiladi;

- pandemiya paytida maktab oshxonalari oʻz ishini amaldagi sanitariya meʼyorlari va qoidalari talablariga rioya qilingan holda tashkil etadi;

- yuqumli kasalliklar belgilari boʻlgan oʻquvchilar/maktab xodimlari ushbu belgilar aniqlangan vaqtdan boshlab tez yordam guruhi yoki ota-onalar (qonuniy vakil) kelguniga qadar zudlik bilan izolyatsiya qilinishlari shart.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov  bu yilgi oʻquv yilini 14 sentyabr – dushanba kunidan boshlash taklif sifatida kiritilgani haqida maʼlum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala