Dunyoda

Lukashenko Latviya, Litva va Estoniyaning “qora roʻyxatiga” tushdi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishPrezident Belarusi Aleksandr Lukashenko vыstupayet na mitinge v yego podderjku
Prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko vыstupayet na mitinge v yego podderjku - Sputnik Oʻzbekiston
Latviya, Litva va Estoniya Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenkoga mamlakatlariga kirishni 5 yil muddatga taqiqladi.

TOSHKENT, 31 avg — Sputnik. Latviya, Litva va Estoniya Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenkoga mamlakatlariga kirishni taqiqladi.

Ushbu taqiq Belarusning yana 29 nafar rasmiy shaxslariga nisbatan amal qiladi.

Miting v podderjku deystvuyuщego prezidenta Belorussii A. Lukashenko v Minske - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Lukashenko bayonoti: ODKB, jangarilar va rangli inqiloblar haqida

“Aleksandr Lukashenko, Belarus ichki ishlar vaziri, adliya vaziri va bosh prokurori, prezident maʼmuriyatining mansabdor shaxslari, Belarus Markaziy saylov komissiyasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar aʼzolariga Estoniya Respublikasiga kirish besh yilga (2020 yil 31 avgustdan 2025 yil 30 avgustga qadar amal qiladi) taqiqlanadi”, - deyilgan Estoniya TIV xabarida.

Latviya TIV rahbari Edgar Rinkevichning bayonotida yozilishicha, mamlakat Belarusdagi “9 avgust prezident saylovlaridagi soxtalashtirishni” hamda “tinch namoyishchilarning kaltaklanishi va jurnalistlarga qarshi jazo choralarini qatʼiy qoralaydi”.

Litva tashqi ishlar vaziri Rita Tamashunene ham Belarus prezidenti va 29 nafar rasmiy shaxslarga nisbatan sanktsiya joriy etish toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala