Siyosat

Lukashenko bayonoti: ODKB, jangarilar va rangli inqiloblar haqida

© Sputnik / Fotobankka oʻtishMiting v podderjku deystvuyuщego prezidenta Belorussii A. Lukashenko v Minske
Miting v podderjku deystvuyuщego prezidenta Belorussii A. Lukashenko v Minske - Sputnik Oʻzbekiston
Lukashenko oʻz chiqishi davomida chegarachilarga Belarus hududiga jangarilar, fitnachilar va qurol kirib kelishining oldini olish topshirigʻini buyurgan.

TOSHKENT, 22 avg - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Grodno shahridagi miting vaqtida mamlakatdagi siyosiy vaziyat, ish tashlashlar, mitinglar haqida oʻz fikrlarini bildirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Andrey Koshkin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Lukashenko hokimiyatni saqlab qolish uchun keskin harakat qiladi - Koshkin

Xususan, Belarus yetakchisi dushanbadan kundan boshlab zabastovka uyushtirayotgan korxonalarni yopishni buyurgan. "U yoqqa kimni taklif qilishni keyin hal etamiz", - degan prezident.

Lukashenko oʻz chiqishi davomida chegarachilarga Belarus hududiga jangarilar, fitnachilar va qurol kirib kelishining oldini olish topshirigʻini buyurgan.

Shuningdek, Belarus yetakchisi oʻz chiqishi davomida agar u prezident vazifasini bajarishdan toʻxtaganida, respublikani "sindirib, parchalab, tuflab tashlagan" boʻlishlarini aytgan.

Prezident RF V. Putin provel vstrechu s premyer-ministrom RF M. Mishustinыm - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin va Lukashenko Belarusdagi vaziyatni muhokama qildi

"Bugun masala Lukashenkoda emas. Men (prezidentlik - tahr.) bu nonni yeb toʻyganman. Lekin bir daqiqaga Lukashenkoni yoʻq, deb tasavvur qiling. Hozir yoʻq, deb. Tasavvur qilyapsizmi, gʻarbiy chegarada bugun kim qoʻmondonlik qilgan boʻlishini? Tasavvur qiling, mudofaa vaziri kim oldida gerdayib turib, hisob berishini. Biz siz bilan bu maydonda xoʻjayin boʻlmas edik, bizni sindirishardi, maydalashardi va tupurib tashlashardi", - dedi Lukashenko.

Belarus yetakchisi prezident saylovidan keyin mamlakatda yuz bergan tartibsizliklar tashkilotchilari belaruslar emas, chet elliklar boʻlganini maʼlum qildi.

"Chegaradan har-xil odam oʻtadi... Kelishdi, bayroqlarni silkitishdi, qiy-chuv koʻtarishdi, sizlarni tartibsizliklarga daʼvat qilishdi. Tartibsizliklarni yuzaga keltirganlar - grodnoliklar, belaruslar emas. Ular u yoqda - Varshavaga, Vilnyusga yaqin joyda oʻtirishibdi", - deb bayonot qildi belarus prezidenti.

Politolog Yuriy Pochta - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH nima sababdan Belarusga qarshi sanktsiyalar haqida oʻylanib qoldi?

U shuningdek, prezident lavozimiga muqobil daʼvogarlar "qayoqqa qarab qochganiga" eʼtibor qaratdi. "Axir ularni hech kim siquvga olgani yoʻq, Belarusdan quvgan emas, ularning oʻzlari, ayrimlari, men ularni qutqarishimni iltimos qilgan edi. Ayrimlari RF va Ukrainani aylanib kelib, u yoqda (Gʻarbda - tahr.) qoʻnim topdilar. Axir biz koʻr emasmiz, koʻryapmizku, nimalar boʻlayotganini?", - deb davom etdi Lukashenko.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ODKBga aʼzo-davlatlar "respublikani tahqirlashga yoʻl qoʻymaslik" pozitsiyasini egallaganliklarini, ammo Minsk masalani oʻzi hal etishini, biroq koʻmak uchun minnatdorligini aytib oʻtdi.

"Men sizlarni ogohlantirish barobarida, eslatib oʻtmoqchiman: bu faqat bizning chegaramiz emas, Bu Ittifoqdosh davlat chegarasi, ODKB chegarasi. Javob ham shunga yarasha boʻladi", - dedi Lukashenko.

Protestы v Belarusi - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
"Aybdorni topishdi: Polsha Belarusdagi protestlarda "Moskva qoʻlini" koʻrdi

Shuningdek, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatdagi vaziyat "rangli inqiloblar rejasi boʻyicha" rivojlanayotganiga ishora qilgan.

"Taxmin qilganimizdek, barchasi rangli inqiloblar rejasi boʻyicha amalga oshmoqda: mamlakat ichki siyosiy holatini qoʻzgʻatishga harakatlar boʻlyapti. Bu yerda tashqi omillar ham ishga jalb qilingan", - dedi prezident.

Belarus prezidenti mamlakat harbiy qoʻmondonligiga, respublikaning hududiy yaxlitligini saqlab qolish maqsadida "eng qatʼiy choralarni koʻrishni" buyurgan.

Lukashenko, eng avvalo markazi Grodno shahri boʻlgan mamlakatning gʻarbiy gavharini himoyalash zarurligini alohida taʼkidlab oʻtgan.

Aktsiya protesta v Minske posle prezidentskix vыborov - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Xaosni koʻrishni xohlamaymiz": Xitoy Belarusdagi vaziyat boʻyicha bayonot berdi

Sal oldinroq OAVlar Belarus 28-31 avgust kunlari grodno yoʻnalishida kompleks taktik oʻquvlarni oʻtkazishni rejalashtirayotgani haqida xabar berishgan edi.

Belarus boʻylab norozilik aktsiyalari 9 avgustdan keyin, mamlakatda boʻlib oʻtgan prezident saylovlarida oltinchi marotaba 80,1% ovoz bilan Lukashenko gʻolib boʻlganidan soʻng boshlangan edi. Oppozitsiya fikricha, saylovlarda Lukashenko emas, Svetlana Tixanovskaya gʻalaba qozongan. Birinchi kunlarda aktsiyalar kuch tuzilmalari tomonidan bostirildi, natijalarga qarshi boʻlgan protest ishtirokchilariga nisbatan koʻz yosh keltiruvchi gaz, vodomet, shovqin granatalari, rezina oʻqlar qoʻllanildi. Soʻngra huquq-tartibot organlari mitinglarni tarqatishni va kuch ishlatishni toʻxtatdi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, ilk kunlarda 6,7 ming kishi qoʻlga olingan. Respublika IIV maʼlumotlariga koʻra, tartibsizliklar davomida yuzlab odamlar jabrlangan, ular orasida 120 dan ortiq huquq-tartibot organlari xodimlari ham bor. Uch nafar protest qatnashchilari halok boʻlganlar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala