IMEI kodlarini noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

© pixabayMobilniy telefon
Mobilniy telefon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Telefonlarning IMEI kodlarini xorijda bo‘lgan fuqarolar pasportiga noqonuniy rasmiylashtirgan jinoyatchi guruh aniqlandi.

TOShKENT, 10 sen - Sputnik. Bojxonachilar xorijdagi fuqarolar pasport ma’lumotlaridan foydalangan holda mobil qurilmalarni Uz IMEI tizimida noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazish bilan shug‘ullangan jinoiy guruhni aniqlashdi

Mobilniy telefon - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1-apreldan telefonlarning IMEI kodlarini ro‘yxatga olish boshlanadi

Gap shundaki, xorijdan kelgan ko‘plab fuqarolar o‘zlari bilan olib kelgan mobil telefonlarini Uz IMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazishmoqchi bo‘lganida, ularning nomiga allaqachon boshqa mobil qurilmalar ro‘yxatdan o‘tganligi ma’lum bo‘layotgani va ushbu holat ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘layotgan edi.

Bojxona qo‘mitasi tomonidan ushbu muammo yuzasida fuqarolar murojaatlarini 11-08 qisqa telefon raqami orqali ko‘rib chiqish yo‘lga qo‘yildi. Birozdan so‘ng esa, shaxslarga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ib, saqlab, ulardan g‘arazli niyatlarda foydalanib kelayotgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston fuqarosi O.A. sheriklari M.B. va T.R.lar qo‘shni davlatlarga o‘tishib, u yerda O‘zbekistonga kirib kelayotgan O‘zbekiston fuqarolarining pasport ma’lumotlarini rasmga tushirib, telegram orqali yuborib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan mobil qurilmalarniUz IMEI tizimida ushbu fuqarolar nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelishgan.

Prezentatsiya novix smartfonov Nokia i i obnovlennoy Nokia 3310 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda IMEI kodsiz telefonlardan foydalanish ta’qiqlanadi

Birgina fuqaro B.M.ning uyali aloqa vositasi ko‘zdan kechirilganida, telefon xotirasida O‘zbekiston fuqarolarining 200 ga yaqin pasport rasmlari borligi, u ushbu pasport ma’lumotlarni yig‘ib, jinoiy sherigi O.A.ga yetkazib berganligi uchun har bir pasportga 5 AQSh dollardan haq olganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur xolat yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 141(2)-moddasining 2-qismi “a” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov organiga yuborildi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyat uchun: jinoiy guruh tomonidan fuqarolar shaxsiy ma’lumotini jamlash va undan noqonuniy foydalanish - BHMning 50 dan 100 baravarigacha jarima yoki 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 

Yangiliklar lentasi
0