TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 197 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 47 620 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
Yangi kasallanganlarning 144 nafari Toshkent shahrida, 23 nafari Toshkent viloyatida, 10 nafari Namangan viloyatida, 8 nafari Surxondaryo viloyatida, 7 nafari Farg‘ona viloyatida, 5 nafari Qashqadaryo viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 57 yoshli R.R. (ayol) hamda Yunusobod tumanida yashagan 33 yoshli L.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlarning umumiy soni 394 nafarni tashkil etmoqda.
Shu paytga qadar 44 002 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 3 224 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 483 nafari og‘ir, 246 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.