Iqtisod

Rossiya va Oʻzbekiston soliq, bojxona va kadastr tizimlarini muhokama qilishdi

© Informatsionnaya slujba Ministerstva ekonomicheskogo razvitiya i sokraщeniya bednostiVstrecha s predstavitelyami Pravitelstva Rossiyskoy Federatsii vo glave s zamestitelem Predsedatelya Pravitelstva A. Overchukom
Vstrecha s predstavitelyami Pravitelstva Rossiyskoy Federatsii vo glave s zamestitelem Predsedatelya Pravitelstva A. Overchukom - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston va Rossiya vakillari soliq hamda bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish, kadastr tizimini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.

TOSHKENT, 15 sen - Sputnik. Bugun, 15 sentyabr kuni Iqtisodiy taraqqiyot vazirligida Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorov hamda Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri oʻrinbosari Aleksey Overchuk boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda soliq hamda bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish borasida hamkorlik masalasini muhokama qilishdi. Xususan, ikki davlat vakillari oldingi kelishuvlar boʻyicha harakatlar rejasining bajarilishini koʻrib chiqdilar.

38 nalogovikov otpravilis na stajirovku v Moskvu - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Soliq qoʻmitasining 166 nafar xodimi Moskvada malaka oshiradi

Shuningdek, kadastr faoliyatini takomillashtirish borasida ham hamkorlik maslalari muhokama qilindi. 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Rossiya Moliya vazirliklari orasida soliq maʼmuriyati tizimini rivojlantirish, elektron hisob varaqalari va QQS maʼmuriyati, koʻchmas mulkka soliq solish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va Big Data analitika tizimini ishlab chiqish, kadrlar tayyorlan borasida  Rossiya tomonidan Oʻzbekistonga begʻaraz texnik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma imzolangan.

Shuningdek, Rossiya texnik koʻmagi bilan "Davlat kadastrini baholash tizimini yaratish va koʻchmas mulk obʼyektlarining kadastr qiymatini aniqlash, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida soliq maqsadlari uchun" loyihasi doirasida ham bir qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala