Migratsiya

Mehnat vazirligi, RUDN va “World Skills Russia” oʻrtasida memorandum imzolandi

CC0 / pixabay / Rukopojatiye
Rukopojatiye - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu kelishuv Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Qozon va Novosibirsk shaharlarida oʻzbekistonlik mehnat migrantlarini rus tili va kasbga oʻqitishni koʻzda tutadi.

TOSHKENT, 19 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti (RUDN) hamda "World Skills Russia" (Rossiyaning yosh mutaxassislari) oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida uch tomonlama Memorandum imzolandi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.

Mehnat migratsiya tizimini tashkil qilish choralari - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Oʻzbekistonda mehnat migranti boʻlish osonmi?

Ushbu kelishuv Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Qozon va Novosibirsk shaharlarida oʻzbekistonlik mehnat migrantlarini rus tili va kasbga oʻqitishni koʻzda tutadi.

Unda fuqarolar qurilish, xizmat koʻrsatish, transport va logistika, texnika va texnologiyalar, ishlab chiqarish, avtomobilsozlik sohalarida 25 ta kasb boʻyicha oʻqitiladi.

Oʻzbekiston fuqarolarining rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida RUDNning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Unda Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagidagi Oʻzbekiston fuqarolariga patent olish uchun talab etiladigan rus tili boʻyicha imtihon topshirishga tayyorgarlik koʻrish, tayyorlanish mobaynida bepul maslahatlarni olish imkoniyati taqdim etiladi.

Rabochiye vo vremya stroitelstva - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Rossiya qurilish maydonlarida migrantlar yetishmayapti - bosh vazir oʻrinbosari

Ilgariroq Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida mehnat migratsiyasi sohasida bir qator masalalar yuzasidan muzokaralar oʻtkazish va aniq kelishuvlarga erishish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat delegatsiya Rossiyaga tashrif buyurgani haqida xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala