Rossiya 21 sentyabrdan Qozogʻiston va Qirgʻizistonga avia-qatnovlarni tiklayapti

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishZdaniye aroporta "Domodedovo" v Moskovskoy oblasti.
Zdaniye aroporta Domodedovo v Moskovskoy oblasti. - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu koʻrsatib oʻtilgan davlatlarga reyslar oʻzarolik asosida haftada bir marta amalga oshiriladi, deya aniqlik kiritishdi shtabda.

TOSHKENT, 19 sen — Sputnik. Rossiya 21 sentyabrdan Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Belarus bilan avia-qatnovlarni qayta tiklamoqda, deb maʼlum qildi jurnalistlarga koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish tezkor shtabi vakili.

Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston 1 oktyabrdan oʻz chegaralarini toʻliq ochmoqda

"Yigʻilish yakunlariga koʻra, 21 sentyabrdan Qozogʻiston (Nur-Sulton), Qirgʻiziston (Bishkek) va Belarus (Minsk) bilan oʻzaro kelishuv asosida xalqaro avia-qatnovlarni qayta tiklash qarori qabul qilindi", - deyiladi xabarda.

Ushbu koʻrsatib oʻtilgan davlatlarga reyslar oʻzarolik asosida haftada bir marta amalga oshiriladi, deya aniqlik kiritishdi shtabda.

Bundan tashqari, shtab 27 sentyabrdan Janubiy Koreya bilan aviaqatnovlar qayta tiklanayotgani haqida xabar berdi. Koreya Respublikasi bilan ham reyslar haftasiga bir marta amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala