Sankt-Peterburg va Moskvadan Toshkentga qo‘shimcha charter reys qo‘yildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTerminal prinyal pervix passajirov, priletevshix reysom "Uzbekskix avialiniy" iz Seula v Tashkent.
Terminal prinyal pervix passajirov, priletevshix reysom Uzbekskix avialiniy iz Seula v Tashkent. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburg–Toshkent va Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha charter reys qo‘yildi. Chiptalar erkin sotuvda.

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Sankt-Peterburg –Toshkent va Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha charter reys amalga oshiriladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘z Vatanlariga qaytib kelishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 2020-yil sentabr oyida Rossiya Federatsiyasi (Moskva, Sankt-Peterburg) shaharlaridan Toshkentga charter qatnovlarga erkin sotuv ochilganini ma’lum qiladi”, - deyilgan xabarda.

Xvost samoleta uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Samara - Toshkent parvoziga chiptalar sotish boshlandi

Qo‘shimcha HY 3602 Moskva-Toshkent reysi 23, 24, 25, 30-sentabr, HY 3602 Sankt-Peterburg-Toshkent reysi reysi 25, 28, 30-sentabr kuni amalga oshiriladi.

Parvozlar jadvali bilan aviakompaniyaning rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun: Parvozga faqat 72 soat oldin PZR tahlili topshirganligi to‘g‘risida ma’lumotnomaga ega bo‘lgan O‘zbekiston respublikasi fuqarolari qo‘yiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways 17-sentabrdan boshlab Moskvadan kuniga 2 marotaba aviaparvozlar tashkil qilishni boshlagan edi. Ayni damda chiptalar erkin savdoda sotilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0