Iqtisod

Bank siri: bojxona qoʻmitasi qizgʻin muhokamaga sabab boʻlgan loyiha boʻyicha izoh berdi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishRabota kommercheskix bankov
Rabota kommercheskix bankov - Sputnik Oʻzbekiston
Davlat bojxona qoʻmitasi bank siriga oid maʼlumotlarni olish vakolati boʻyicha qonun loyihasi yuzasidan munosabat bildirdi.

TOSHKENT, 24 okt — Sputnik. Davlat bojxona qoʻmitasi ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin muhokamaga sabab boʻlgan “Bank siri toʻgʻrisida”gi qonunga qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi yuzasidan izoh berdi.

Pismennыe prinadlejnosti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bir qator hududiy bojxona boshqarmalariga boshliqlar tayinlandi

Loyihada bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni olish vakolati muayyan shartlarda bojxona xizmati organlariga ham taqdim etilishi taklif qilingandi.

Taʼkidlanishicha, “Bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi prezident farmoni bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”da bojxona organlariga banklardan bank mijozi boʻlgan tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) ishtirokchisiga tegishli maʼlumotlarni olish huquqini beruvchi qonun loyihasini ishlab chiqish belgilangan.

“Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi qonuni 7-moddasida bojxona organlari banklardan, moliya organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni soʻrash hamda olish huquqiga ega.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Bank siri toʻgʻrisida”gi qonuni 9-moddasi talablariga muvofiq, bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar prokuratura, tergov va surishtiruv organlariga mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi mavjud boʻlgan taqdirda yetkazilgan zarar undirib olinishini yoki uning mol-mulki xatlanishini taʼminlash maqsadida tergovchi yoxud surishtiruvchining asoslantirilgan qaroriga binoan prokuror sanktsiyasi bilan taqdim etilishi koʻrsatib oʻtilgan.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, davlat bojxona xizmati organlari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ hisoblanadi.

Shu bilan birga, bojxona organlariga tovarlar va transport vositalari chiqarib yuborilgandan keyin bojxona nazoratining shakli sifatida bojxona auditini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.

Xorijiy davlatlarda, xususan, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Gollandiya, Janubiy Koreya va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YEII – Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya) bojxona auditini oʻtkazish amaliyoti banklardan, kredit-moliyaviy va bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlardan maʼlumotlarni olish huquqi mavjudligini koʻrsatadi.

Jumladan, YEII Bojxona kodeksining 335-moddasida bojxona organlari mansabdor shaxslari bojxona tekshiruvini amalga oshirish uchun banklardan, kredit-moliya tashkilotlaridan bank sirini saqlagan holda maʼlumotlarni olish huquqiga ega ekani belgilangan.

Vstrecha s predstavitelyami Pravitelstva Rossiyskoy Federatsii vo glave s zamestitelem Predsedatelya Pravitelstva A. Overchukom - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Rossiya va Oʻzbekiston soliq, bojxona va kadastr tizimlarini muhokama qilishdi

Shuningdek, Jahon banki ekspertlari tomonidan tovarlar chiqarib yuborilgandan keyingi bojxona nazoratini (bojxona auditi) amalga oshirilishini taʼminlashda sayyor tekshiruvlar sonini minimallashtirish maqsadida banklardan bank mijozi boʻlgan TIF ishtirokchilari haqida oʻzaro maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish va ularni tahlil qilish yuzasidan tavsiyalar berilgan”, – deyiladi DBQ bayonotida.

Qayd etilishicha, “Bank siri toʻgʻrisidagi qonunga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ishlab chiqishdan asosiy maqsad – bojxona organlarida mavjud maʼlumotlar asosida TIF ishtirokchilarining moliyaviy barqarorligi, halolligi va qonunga itoatkorlik darajasini baholash tizimini takomillashtirish orqali ularga nisbatan soddalashtirilgan bojxona nazorati shakllarini keng qoʻllash, shuningdek, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala