Siyosat

Mirziyoyev Shimoliy iqtisodiy hamkorlik xalqaro forumida ishtirok etadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Koreya Mun Chje In 18 aprelya pribыl v Uzbekistan s gosudarstvennыm vizitom
Prezident Respubliki Koreya Mun Chje In 18 aprelya pribыl v Uzbekistan s gosudarstvennыm vizitom - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev Koreya prezidentining taklifiga binoan Seul shahrida videoanjuman shaklida boʻlib oʻtadigan Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi.

TOSHKENT, 29 okt — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 oktyabr kuni Seul shahrida videoanjuman shaklida boʻlib oʻtadigan Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Prezident ishtirokida Xitoy va Koreyaga eksport masalasi muhokama qilindi

Ishtirok etish taklifi Koreya prezidenti Mun Chje In tomonidan bildirilgan. Tadbir kun tartibidan koronavirus pandemiyasi oqibatlarini birgalikda yengib oʻtish va xalqaro sheriklikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.

Taʼkidlanishicha, davlat rahbari oʻz nutqida mintaqaviy siyosatning eng dolzarb masalalari va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollariga toʻxtalib oʻtadi.

Forum ishida Oʻzbekiston va Janubiy Koreya yetakchilari bilan bir qatorda Rossiya, Qozogʻiston, Turkmaniston, Moʻgʻuliston prezidentlari va boshqalar ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala