Oʻzbekistonda rahbarlar yoppasiga ozishni boshlaydi

© © Fotolia / SentelloVrach izmeryayet diametr jivota, arxivnoye foto
Vrach izmeryayet diametr jivota, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Davlat organlari xodimlari va rahbarlar sport bilan muntazam shugʻullanishadi. Bu haqda prezident farmoni qabul qilingan

TOSHKENT, 31 okt - Sputnik. 2021 yil 1 yanvardan birinchi rahbarlar oʻzlarining semizlik darajasi va vazniga jiddiy eʼtibor qaratadi. Prezidentning "Sogʻlom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni qabul qilindi.

Mujchinы s izbыtochnыm vesom - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Semizlikni qanday davolasa boʻladi? Parhezlar yordam bermaydi

Hujjatga koʻra, davlat organlari va tashkilotlarida sogʻlom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida 2021 yil 1 yanvardan boshlab:

mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga "Sport targʻibotchisi" qoʻshimcha vazifasini yuklash va uning ish haqiga 20 foiz miqdorda ustama belgilash yoʻlga qoʻyiladi;

ish vaqtidan soʻng haftada kamida bir marta rahbar va barcha xodimlari jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari (yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqalar) bilan shugʻullanishi taʼminlanadi;

Rojdestvenskaya prodovolstvennaya yarmarka vo Vladivostoke - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Semizlikka qarshi kurashuvchi mahsulot aniqlandi

har shanba kuni soat 14:00 dan soʻng xodimlar va ularning oila aʼzolari oʻrtasida yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqa sport turlari boʻyicha ommaviy sport musobaqalari tashkil etiladi;

birinchi rahbarlar "Shaxsiy namuna" tamoyili asosida oʻzlarining antropometrik koʻrsatkichlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash) yaxshilash orqali xodimlarning antropometrik koʻrsatkichlarining yaxshilanishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala