Dunyoda

Bayden “oʻtish davri saytini” ishga tushirdi

© AFP 2018 / ANGELA WEISSDjo Bayden
Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston
Jo Bayden hali saylovchilar hayʼatining yetarlicha ovozini toʻplamaganiga qaramasdan prezidentlikka tayyorlanish uchun “oʻtish davri saytini” ishga tushirdi.

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. AQSH Demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Jo Bayden amaldagi prezident Donald Trampdan hukumat topshirilishiga tayyorgarlik koʻrish uchun “oʻtish davri saytini” ishga tushirdi. Biroq u hali saylovchilar hayʼatining  (Electoral College) yetarli boʻlgan 270 ta ovozini toʻplamagan.

Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp undan saylovdagi gʻalabani oʻgʻirlashlariga yoʻl qoʻymasligini aytdi

“Amerika xalqi AQShning keyingi prezidenti kim boʻlishini aniqlaydi. Mamlakatning bir necha shtatlarida hozirgacha ovozlar hisoblab chiqilmoqda. Mamlakat yuz tutgan inqiroz jiddiy – pandemiyadan iqtisodiy tanazzulgacha, iqlim oʻzgarishidan irqiy adolatsizlikkacha.  Bayden-Xarris maʼmuriyati ishga birinchi kun kirisha olishi uchun oʻtish davri jamoasi toʻliq tayyorlanmoqda”, - deyiladi sayt bayonotida.

Saytda faqat bitta xabar va Baydenning suratini koʻrish mumkin.

Sloveniya bosh vaziri Trampni AQSH prezidenti lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi

Yetakchi Amerika telekanallarining hisob-kitobiga koʻra, prezident saylovlarida Bayden yetakchilik qilmoqda. Uzil-kesil gʻalaba uchun yana saylovchilar hayʼatining  oltita ovozini olishi zarur. Tramp shtabi ovozlarni qayta sanashni talab qilmoqchi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala