Rossiya

Turkiya “Sputnik V” vaktsinasini ishlab chiqarishni tashkillashtirishga qiziqish bildirdi

© Sputnik / AFK Sistema / Fotobankka oʻtishProizvodstvo vaktsinы ot COVID-19 na farmatsevticheskom zavode "Binnofarm"
Proizvodstvo vaktsinы ot COVID-19 na farmatsevticheskom zavode Binnofarm - Sputnik Oʻzbekiston
Turk tomonining tashabbusi bilan Rossiya va Turkiya SSV rahbarlari Mixail Murashko va Faxrettin Kojaning muzokaralari boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 11 noya — Sputnik. Turkiya “Sputnik V” vaktsinasini turk farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari quvvatida ishlab chiqarishni tashkillashtirishga qiziqish bildirdi. Bu haqda Rossiya SSV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Turk tomonining tashabbusi bilan Rossiya va Turkiya SSV rahbarlari Mixail Murashko va Faxrettin Kojaning muzokaralari boʻlib oʻtgan.

Pervaya v mire vaktsina ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
“Sputnik V” vaktsinasi qaysi xorijiy davlatlarda ishlab chiqariladi

“Turkiya SSV rahbari mahalliy qonunchilikda koʻzda tutilgan toksikologik tadqiqotlar oʻtkazgandan keyin “Sputnik V” vaktsinasini turk farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari quvvatida ishlab chiqarishni tashkillashtirishga qiziqish bildirdi”, - deyilgan xabarda. Undan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Murashko turk hamkasbiga sertifikatlangan laboratoriyalarda bunday tadqiqotlarni tashkillashtirishga tayyorligini maʼlum qilgan.

“Tomonlar yaqin kunlarda kelishuvlarni amalga oshirishga kirishishga kelishib olishdi”, - deya qoʻshimcha qilingan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Gamaleya markazi ijtimoiy tarmoqlarda “Sputnik V” haqida maʼlumot berishni boshlashi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala