Toʻraqoʻrgʻon IESda avariyali oʻchish sodir boʻldi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaTurakurganskaya TES
Turakurganskaya TES - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toʻraqoʻrgʻon tumanida joylashgan issiqlik elektr stantsiyasi favqulodda oʻchishi natijasida Oʻzbekiston Respublikasi energotizimida 750 mVt quvvat yoʻqotildi.

TOSHKENT, 20 noya - Sputnik. Bugun Namangan viloyatidagi Toʻraqoʻrgʻon IESda avariyali oʻchish sodir boʻldi.

Turakurganskaya TES - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Toʻraqoʻrgʻon IESda birinchi gaz trubinasi ishga tushdi

"Bugun soat 15.45 da Toʻraqoʻrgʻon IESda ishlab turgan ikkala agregatimiz 750 MVt yoʻqotib, avariya holatida toʻxtadi", - deya izoh berdi "Namangan HETK" AJ operativ dispetcherlik xizmati boshligʻi Muxammadali Iriskulov. 

Taʼkidlanishicha, buning natijasida Namangan viloyatining koʻplab hududlarida elektr energiyasida uzilish sodir boʻlgan.

"27ta 110 kVt tarmoqlari favqulodda holatda oʻchib ketdi", - dedi Irisqulov.

Shu vaqtdan keyin Rossiya va Oʻzbekiston energiya tizimini bogʻlovchi 500 kVtli 530-liniya ham 1500-1700 MVt bilan ishlab turgan vaqtida zoʻriqish natijasida energiya tizimidan uzilgan.

"Hozirda Rossiya energiya tizimi va Oʻzbekiston energiya tizimi uzilgan holatda ishlamoqda. Favqulodda oʻchish sabablari mutaxassislar tomonidan oʻrganilmoqda", - dedi "Namangan HETK" AJ operativ dispetcherlik xizmati boshligʻi.

Yangiliklar lentasi
0