Kolumnistlar

Koronavirus G20 sammitini shikastladi. Biroq Gʻarb Rossiya vaktsinasiga toqat qilmaydi

© AFP / YVES HERMANSammit G20
Sammit G20 - Sputnik Oʻzbekiston
G20 virtual sammiti ishtirokchilarning barcha harakatlariga qaramay, postkovid dunyoda degloballashuv allaqachon sodir boʻlganligini taʼkidlab, globallashuvning oʻlimini koʻrsatdi.

Bu yerda gap odatdagi "Amerika bir qutbli dunyosi"ga qarshi fitna (Pax Americana koʻrinishida) yoki XX asrning ikkinchi yarmi "blok qarama-qarshiligini" qayta tiklashga qaratilgan boshqa harakatlar emas.

COVID-19: Yevropu zaxlestnula volna protestov protiv izolyatsii i ogranicheniy - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Yevropa karantin cheklovlariga qarshi - video

Vashington yoki Bryussel “aql markaz”larida bu haqda qanday fikrda boʻlishlaridan qatʼi nazar, degloballashuv va koʻp kutblilik – bu reallik.

Muammo shundaki, uni muhokama qilish uchun yagona jahon siyosiy kun tartibi ham, siyosiy til ham mavjud emas. Bundan tashqari, dunyo hamjamiyati rahbarlik qiladigan "geosiyosiy kamerton" ham yoʻq.

Koronavirus pandemiyasidan tortib, global iqtisodiy inqirozgacha boʻlgan umumiy muammolar mavjud, biroq umumiy yechimlar shunchaki mavjud emas, va umuman boʻlmaydi.

Jahon miqyosida davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir sxemasi nol summali oʻyin rejimiga oʻtganligi sababli, yaʼni maʼlum bir mamlakatning har qanday muvaffaqiyati raqobatchilar uchun magʻlubiyat sifatida qabul qilinadi, shuning uchun geosiyosiy raqobatchilardan biri qandaydir imidj, siyosiy yoki iqtisodiy gʻalabani aktiv sifatida oʻziga yozib olmasligi uchun baʼzi bir umumiy manfaatlarni qurbon qilishga toʻliq tayyorlik namoyon qilinmoqda.

Bir nechta aniq misollar oʻz-oʻzidan kelib chiqadi.

“Yigirmatalik” sammitida XXR rahbari dunyo iqtisodiyoti, xalqaro savdo va turizmni tiklash uchun katta yordam beradigan (bu koʻpchilik, juda kambagʻal davlatlar uchun ham) davlatlar oʻrtasida harakatlarni ochishga imkon beradigan oʻziga xos raqamli mexanizmni yaratishni taklif qildi.

Xitoy test natijalariga asoslangan "salomatlik QR-kodini" oʻzaro tan olishning xalqaro mexanizmini yaratishni taklif qildi. "Umid qilamanki, dunyoning iloji boricha koʻproq mamlakatlari va mintaqalari unga qoʻshilishadi", - dedi Si Tszinpin.

Otrajeniye mujchinы na fone flaga YES - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
Demokratiya Yevropani ado qilmoqda. Yevropa demokratiyani birinchi boʻlib oʻldiradimi?

Obʼyektiv darajada maʼlum bir turist, diplomat yoki biznesmenning sogʻlom ekanligi va karantinsiz yoki koronavirus tufayli yopilgan chegaralarni chetlab oʻtmasdan, mamlakatlar chegaralarini kesib oʻtishi (shuningdek, vataniga qaytishi) mumkinligi toʻgʻrisida xalqaro va umuman tan olingan "raqamli tasdiqlash"ni yaratish – bu yaxshi fikr.

Ammo yaqin kelajakda uni global miqyosda amalga oshirish ehtimoli juda oz, garchi bu chora hozir zarur va amalda nisbatan osonlikcha amalga oshirsa boʻladi.

Ehtimol, bu chora umuman amalga oshmaydi, chunki uni rais Si taklif qildi va Gʻarb rahbarlari imidji nuqtai nazaridan rasmiy Pekinning takliflariga (ayniqsa, Xitoy axborot texnologiyalarining yuqori darajada rivojlanishi koʻrsatadigan taklif) rozi boʻlish mumkin emas, bu  printsipial darajada mumkin emas.

Keyingi misol dunyoning nochor davlatlari uchun koronavirusga qarshi vaktsinalarning yetishmasligi muammosi bilan bogʻliq boʻlib, ular vaktsina bilan taʼminlanmagan taqdirda, sayyorada "koronavirus oʻchoqlari" boʻlib qolishi mumkin. Vladimir Putin oʻz nutqida emlash uchun global imkoniyatni taʼminlash zarurligini taʼkidladi:

Sputnik V: Izrail planiruyet zakupat rossiyskuyu vaktsinu ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Rossiya vaktsinasi: Osiyo olishga tayyor, Yevropa esa mutlaq qarshi - sabab ?

"Rossiya hozirgi sammitning samarali va xavfsiz vaktsinalarni barchaga taqdim etishiga qaratilgan asosiy qaror loyihasini qoʻllab-quvvatlaydi. Shubhasiz, emlash uchun preparatlar umumiy jamoat mulki boʻlishi kerak. Mamlakatimiz, Rossiya, albatta, muhtoj mamlakatlarga olimlarimiz yaratgan vaktsinalarni taqdim etishga tayyor: bu odam adenovirus vektorlari platformasida boʻlgan dunyoda birinchi roʻyxatga olingan "Sputnik V" vaktsinasi, ikkinchi Rossiya vaktsinasi - Novosibirsk ilmiy markazining "EpiVakkorona" vaktsinasi ham tayyor, uchinchi vaktsina tayyorlanmoqda.

Pandemiya koʻlami bizni barcha mavjud resurs va ishlanmalardan foydalanishga majbur qilmoqda. Bizning umumiy maqsadimiz – vaktsina preparatlari portfelini yaratish va sayyoramizning barcha aholisini ishonchli himoya bilan taʼminlashdir. Bu shuni anglatadiki, hurmatli hamkasblar, hamma uchun yetarlicha ish bor va menimcha, bu raqobat, ehtimol muqarrar boʻlsa kerak, ammo biz avvalambor insonparvarlik masalalaridan kelib chiqib, buni birinchi oʻringa qoʻyishimiz kerak".

Deklarativ darajada hamma narsa joyida boʻladi, ammo “G20” umuman olganda (elementar mantiqqan) nochor davlatlar aholisini arzon va samarali vaktsinalardan foydalanishi uchun moliyalashtirish uchun umumiy fond yaratishni nazarda tutadigan, aniq harakatlarga, amerikalik va yevropalik hamkasblariga qaraganda, arzonroq boʻlgan va Pfizer vaktsinasidan farqli oʻlaroq, minus 70 daraja haroratda saqlashni talab qilmaydigan Rossiya "Sputnik V" vaktsinasidan foydalanishga rozi boʻlmaydi.

Aleksey Navalnыy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Navalniy ishi: Rossiya Yevropa Ittifoqiga qarshi sanktsiya qoʻlladi
Buning ikkinchisi hatto Amerikaning tibbiyot infratuzilmasida ham katta muammo boʻlib, Janubiy Amerika, Afrika yoki Sharqiy Yevropadagi tegishli "infratuzilma" haqida gapirmasa ham boʻladi.

Agar Vashington va Bryussel nuqtai nazaridan qaralsa, muammo bu  vaktsina - Rossiyaniki (biroq ularni Xitoy vaktsinasi ham qoniqtirmaydi).

Vladimir Putin "muqarrar raqobatni" qoldirib, mamlakat rahbarlarini insonparvarlikka chaqirdi, ammo uning chaqiruviga quloq solish ehtimoli, ayniqsa, Gʻarb OAVlarining Rossiya va Xitoy vaktsinalarini obroʻsizlantirishga qaratilgan tashviqot kampaniyasini hisobga olganda, juda past.

G20 sammitida mazmunli muloqot boʻlmagan mavzular roʻyxatini (dunyo rahbarlarining bir qator monologlari) davom ettirish mumkin: bu yerda JSTni isloh qilish, rivojlanayotgan davlatlarning valyuta qarzlari muammolari va protektsionizmga qaratilgan global trend.

Gʻarb yetakchilari juda aniq pozitsiyaga ega: ular koʻp gapirishadi, hech kimga quloq solishmaydi va ularning takliflari oddiy formulada mujassam: "hamma biz aytganday qilishi kerak, shunda hammasi yaxshi boʻladi", va shu maʼnoda prezident almashgandan keyin Vashington pozitsiyasi deyarli oʻzgarmaydi. G20 sammiti mohiyatning yoʻqligi - dunyo "geosiyosiy bloklar" raqobatiga, hatto "Amerika dunyosini" tiklashga (Vashington bunga umid qilgandek) qaratilgan emas, balki faqat aniq mamlakatlar oʻrtasida ikki tomonlama muzokaralar darajasida biron bir narsada kelishib oladigan dunyoga intilayotgani koʻrish mumkin.

Rasmiy ravishda, “Yigirmalik” guruhi deb ataladigan G20 hali mavjud, ammo amalda biz taniqli amerikalik, siyosiy-texnolog Yan Bremer "G-nol dunyo" deb atagan narsaga yaqinlashmoqdamiz: umuman olganda, hamma oʻzi uchun boʻlgan dunyo va bu oʻzgarishni tezlashishi, ehtimol, koronavirusning asosiy tarixiy merosi boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala