Dunyoda

"Bu haqda gaplashish muhim": Megan Markl bolasini yoʻqotgani haqida soʻzladi

© AFP / BEN STANSALLMegan Markl
Megan Markl - Sputnik Oʻzbekiston
Megan Marklning soʻzlariga koʻra, kulfat va ogʻriq bilan bogʻliq muammolarni muhokama qilish muhim ahamiyatga ega, chunki bu oʻsha qaygʻu yukini yengillashtirishga va suyanch topishga yordam beradi

TOSHKENT, 25 noya - Sputnik. Britaniya shahzodasiGarrining turmush oʻrtogʻi Megan Markl yaqinda bolasidan judo boʻldi, u bu haqda The New York Timesdagi kolonkada maʼlum qilgan.

Koroleva Velikobritanii Yelizaveta II - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Hamma "shok"da: Yelizaveta II taxtni boʻshatishdan bosh tortdi

Maʼlum boʻlishicha, bu iyul oyida yuz bergan, ammo gertsoginya Sassekskayaning homiladorligi oʻsha vaqtda keng jamoatchilikka maʼlum qilinmagan edi.

"Oʻgʻlimni karavot ostidan olib chiqish oldidan sochlarimni "xvost" qilib yigʻdim. Uning tagligini almashtirib, keskin titroqni his qildim. Men u bilan polga yotib, ikkimizni ham tinchlantirish uchun alla ayta boshladim, ammo kuyning ohangi ich-ichimdan sezayotgan havotirli tuygʻuga sira mos emasdi. Birinchi farzandimni bagʻrimga mahkam quchgan vaqtimda, ikkinchisini yoʻqotayotganimni angladim. Oradan bir necha soat oʻtgach, kasalxona koykasida turmush oʻrtogʻimning qoʻlidan ushlagancha yotardim. Men uning yopishqoq kaftini sezardim, koʻz yoshlarimiz yomgʻiridan nam boʻlib ketgan barmoqlari boʻgʻinlaridan boʻsa oldim",  deb yozadi Megan.

Uning soʻzlariga koʻra, kulfat va ogʻriq bilan bogʻliq muammolarni muhokama qilish muhim ahamiyatga ega, chunki bu oʻsha qaygʻu yukini yengillashtirishga va suyanch topishga yordam beradi

Megan Markl i prints Garri pokazali svoyego novorojdennogo malыsha - foto - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Megan Markl va shahzoda Garri farzandini ilk marotaba ommaga koʻrsatdi – foto

"Xonadagi yuz ayoldan 10-20 nafari bolasidan hali u tugʻilmay judo boʻlgan. Ammo, ushbu ogʻriqning lol qoldiruvchi umumiyligiga qaramasdan, u haqda gapirish (mutlaqo asossiz) uyatga qorishib ketgan tabuligicha qolmoqda, farzandini yoʻqotgan ayol bu mushkulotni tanho yengishga hukm qilinmoqda", - deya xotima qilgan u.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning may oyida britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Markl va nihoyat yangi tugʻilgan farzandlarini koʻrsatishgan edi.

Megan Marklning oʻgʻli - Archi Mauntbetten-Vindzor taxt vorislari liniyasida yettinchi oʻrinni egalladi, u qirolicha Yelizaveta ikkinchining sakkizinchi evarasidir.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala