Analitika

“Shimoliy oqim – 2” uchun hal qiluvchi jang boshlandi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishTruboukladochnoye sudno "Soliter"
Truboukladochnoye sudno Soliter - Sputnik Oʻzbekiston
Vashington Yevropa kompaniyalariga qoʻngʻiroq qilib, vaqt borida loyihadan chiqib olinglar, yangi yildan soʻng sanktsiya ostida qolasizlar. Bu loyiha baribir amalga oshmaydi, deb shantaj qilmoqda.

TOSHKENT, 26 noya — Sputnik, Natalya Dembinskaya. Bayden hali OQ uyga kelmasdan turib, amerika rahbariyati “Shimoliy oqim – 2” loyihasida ishtirok etayotgan Yevropa kompaniyalariga qoʻngʻiroq qila boshladi. Ular kompaniyalarni 2021 yilning yanvarida kuchga kiradigan AQSH sanktsiyalar haqida ogohlantirib, shunga qadar loyihadan chiqishni talab qilishmoqda.

Nemislan bundan juda norozi: ular ushbu sanktsiyalarni shu vaqtgacha qoʻllanilgan sanktsiyalar orasida eng qattiqqoʻli deb atashdi. Ularni bugunga qadar ushbu gaz quvuriga oʻta salbiy munosabatda boʻlgan demokrat – Jo Bayden amalga oshirishi kerak. Yangi AQSH prezidenti “Shimoliy oqim-2”ni toʻxtatib qola oladimi?

Dastlabki bezovtalik

Yanvarda Tramp tomonidan imzolangan hujjatlar kuchga kirishi kerak. Unga koʻra, Rossiya gazquvuri loyihasiga bir million dollardan ortiq sarmoya kiritgan kompaniyalar sanktsiyalar ostiga tushadi. Ushbu cheklov logistika bilan shugʻullanuvchi kompaniyalarga ham tegishli boʻladi.

“Gazprom” taʼkidlashiga koʻra “Shimoliy oqim-2” sanktsiyalar eʼlon qilinishidan oldin sarmoyalarni olgan edi. Aleksandr Medvedev aytishiga koʻra Engie, OMV, Shell, Uniper va Wintershall kompaniyalari sarmoyalarni kiritib boʻlgan va mablagʻlar kerakli maqsadlarga yoʻnaltirilgan. Germaniyaning VUniper kompaniyasi esa xavfsiz yonilgʻi yetkazib berish tizimi uchun loyihaning ahamiyatini hisobga olgan holda, uni qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qildi.

Logotip proyekta Severnыy potok - 2 na odnoy iz trub - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Baydendan “Shimoliy oqim-2” borasida nimalarni kutish mumkin?

Vashington boʻlsa jon-jahdi bilan uni toʻxtatib qolishga harakat qilmoqda. Germaniyaning eng yirik OAVi DPA Oq uydagi manbaaga asosan xabar qilishiga koʻra, amerikaliklar loyiha ishtirokchiliariga “ogohlantirish” maqsadida qoʻngʻiroq qilishni boshlagan. 

“AQSH Yevropa kompaniyalariga qarshi sanktsiyalar kiritishni istamaydi. Biz ularni ogohlantirish uchun qoʻngʻiroq qilib loyihalan chiqish uchun vaqt berayapmiz. Bu quvur ishga tushmaydi” – deyishmoqda amerikaliklar.

Bunday taktika AQSH uchun odatga aylangan. Birinchi sanktsiyalar kiritilishi bilanoq Shveytsariyaning Allseas quvur yotqizuvchi kemali loyihani tark etgan edi. Lekin Rossiyaning oʻz quvur yotqizuvchi kemalari boʻlgani sababli ayni damda qurilish deyarli tugatilgan.

Germaniya esa AQSH poʻpisalarini umuman tushunishmayapti. “Axir ittifoqchilar orasida bunday yondashuv mutlaq boʻlmasligi kerak. <…> AQSH oʻz hududidan tashqarida qoʻllayotgan sanktsiyalari – bu yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan darajada xalqaro huquqqa aralashish demakdir”, - dedi Germaniya sharqiy iqtisodiyot qoʻmitasi rahbari Oliver Xermes.

Nemislar sarosimada

Vashingtondan qilingan qoʻngʻiroqlar nemislar xavotirini yanada kuchaytirdi: Hukumat almashganidan soʻng ham AQSH munosabatining oʻzgarishiga umid qilishning foydasi yoʻq. Yaqin oylar ichida Bayden “sanktsiyalarni yanada kuchaytirishni rejalashtirmoqda”. Bu degani Germaniya 3 milliard yevro sarmoya kiritgan “Shimoliy oqim-2” loyihasi - mutalq goʻrga koʻmiladi degani”, - deb yozadi Bild nashri.

Sudno-truboukladchik Akademik Cherskiy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanktsiyalarni uzaytirdi

AQSH hatto loyihada ishtirok etgan sertifikat beruvchi va sugʻurta kompaniyalarini ham jazolash istagi ayniqsa taajubli. Bayden deyarli tayyor boʻlgan “Shimoliy oqim-2” loyihasini yoʻq qilishga tayyor, deb yozadi nashr.

Yangi sanktsiyalar Kongress tomonidan maʼqullangan va 2021 yil davlat byudjetiga ham kiritilgan. Oldingi sanktsiyalarni, hech kim, albatta bekor qilmaydi.

“Natijada sugʻurta kompaniyalari quvurni qurib bitkazishda koʻrilgan zararni qoplay olmaydi, sertifikatlovchi korxonalar esa – ishga tushirishdan oldin quvurning ishonchliligini tekshira olmaydi. Tramp bunga ulgurmasa, Bayden buni amalga oshiradi”, - deb hisoblaydi mustaqil sanoat eksperti va iqtisodchi Leonid Xazanov.

Dastlab oʻz uyini tartibga keltirish kerak

Yevropaliklar bosimi kuchayib borayotgan va Oq uy toʻgʻridan-toʻgʻri shantajga oʻtgan boʻlsa-da, barcha ham vahimaga tushib qolgani yoʻq.

“Amerika sanoati Yevropa bozoriga muhtoj. Vashingtonning Shimoliy oqimga koʻrsatayotgan ushbu qarshiligi Yevropa Ittifoqi yoki uning alohida aʼzolari tomonidan ham javob sanktsiyalari kiritilishiga olib kelishi mumkin. Ikkinchidan amerikaliklar NATO boʻyicha siyosiy ittifoqdoshlarini yoʻqotishlari ham mumkin” – deydi Xazanov.  

AQSH Shimoliy oqim - 2ga qarshi koalitsiya tuzadi: bu qurilishni toʻxtatadimi? - Sputnik Oʻzbekiston
Video
AQSH "Shimoliy oqim - 2"ga qarshi koalitsiya tuzadi: bu qurilishni toʻxtatadimi?

Yana bir narsa: Bayden birinchi navbatda ichki muammolarni hal qilishi kerak boʻladi. Bunga ancha vaqt ketishi mumkin. Amerika iqtisodining ahvoli ham ogʻir. Ikkinchi kvartalda YAIM misli koʻrilmagan 33% ga tushib ketdi. Iqtisodchilar bunday xavfli pasayish Buyuk depressiya vaqtidan buyon boʻlmagan edi, deyishmoqda.

Yangi hukumat kelganidan soʻng, dollar bosib chiqaruvchi mashinkani ishga solmasdan iloj yoʻq  - axir kichik va oʻrta biznesga yordam uchun 2,5 trillion dollar ajratish kerak. Bu esa oʻz navbatida dollarning yevroga nisbatan 10% pasayishiga olib keladi. Bunday vaziyatda Bayden maʼmuriyati “Shimoliy oqim-2”  bilan shugʻullanishga vaqt topishi amrimahol.

Koʻmishga hali erta

Obʼyektiv va iqtisodiy faktorlarni ham hech kim bekor qilgani yoʻq: Rossiya gaziga talab hali ham juda yuqori, kuzda Yevropa gaz bozorida narxlar oʻsishi buni yana bir bor tasdiqladi.

“Rossiyada gaz qazib olish avgust oyidan buyosh oshib kelmoqda. Oktyabrda deyarli 63 milliar metr kub yonilgʻi qazib olindi. Bu sentyabrdagidan 13%ga koʻp. Demak xorijda talab oshmoqda", — deydi "Alpari" tahliliy markazi rahbari oʻrinbosari Natalya Milchakova.

“Shimoliy oqim 2” tufayli Yevropa ittifoqi AQShga demarsh bildirdi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
AQShga demarsh: Yevropa “Shimoliy oqim-2” tufayli norozilik bildirdi

“Gazprom” uchun Baydenning “yashil” energetika siyosati ham zararli boʻlishi mumkin. Demokratlar 2035 yilgacha ekologik toza energetikaga oʻtish uchun 2 trillion dollar  sarflashni rejalashtirishmoqda. 2050 yilda esa ular SO2 chiqindi gazlari miqdorini nolga yetkazmoqchi. Lekin yashil energetika “Shimoliy oqim-2” uchun ham foydali boʻlishi mumkin. Axir ushbu quvur orqali nafaqat gaz, balkim vodorod ham yetkazib berish mumkin. Kelajakda Yevropada vodorod yonilgʻisiga talab juda katta boʻlishi mumkin.

Eng asosiysi esa – AQSH yangi maʼmuriyatiga Yevropa bilan janjallashish – umuman kerak emas. Inaguratsiyadan soʻng Bayden Yevropa bilan buzilgan munosabatlarni tiklashi kerak boʻladi. Birinchi navbatda Germaniya bilan- axir usiz NATOni mustahkamlashning imkoni yoʻq”, - deydi Milchakova.

Bugungi kunda AQShda ham yangi prezident “Shimoliy oqim-2”ga qarshi barcha sanktsilarni oshirishiga gumon qiladiganlar bor. Virginiya shtati sobiq senatori Richard Blek aytishiga koʻra, Bayden bu borada imi-jimida Moskva bilan kelishib olishi ham mumkin. Yaʼni Vashington uchun biror foyda evaziga sanktsiyalardan voz kechishi ham mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala