Siyosat

Buxoro viloyatida bir kunda uchta tuman hokimi oʻzgardi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishUchastniki meropriyatiya
Uchastniki meropriyatiya - Sputnik Oʻzbekiston
Avvalroq prezident ish oʻrinlari tashkil etish, tadbirkorlar muammolarini hal qilish va ularni qoʻllab-quvvatlash borasida oʻziboʻlarchilikka yoʻl qoʻyganligi uchun Buxoro va Jondor tuman hokimlarini lavozimidan ozod etish masalasini qoʻygan edi.

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Xalq deputatlari Buxoro, Jondor va Peshku tumanlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrildi. Bu haqda Buxoro viloyati matbuot xizmati xabar qildi.

Buxoro tumanidagi sessiyada “Gʻijduvon EIZ” rahbari vazifasida ishlab kelgan Xayrullo Joʻrayev tuman hokimi etib tasdiqlandi.

Tumanning sobiq hokimi Qahramon Doʻstov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Jondordagi sessiyada viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sanʼatillo Hikmatov tuman hokimi etib tasdiqlandi.

Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Tadbirkorlikni rivojlantirishda sustkashlik qilgan tuman hokimlari ishdan boʻshatiladi

Tumanning sobiq hokimi Kamol Kamolov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Peshku tumanidagi sessiyada Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi Vahob Qahhorov tuman hokimi etib tasdiqlandi.

Tumanning sobiq hokimi Amrullo Nazarov viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlanganligi sababli Peshku tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 24 noyabr kuni oʻtgan videoselektor yigʻilishida ish oʻrinlari tashkil etish, tadbirkorlar muammolarini hal qilish va ularni qoʻllab-quvvatlash borasida oʻziboʻlarchilikka yoʻl qoʻyganligi uchun Buxoro, Jondor va Sirdaryo tuman hokimlarini lavozimidan ozod etish masalasi qoʻyilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala