Hodisalar

Qoraqalpogʻistonda bir kechada olti kishi, jumladan ikki bola is gazidan zaharlanib oʻldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoщi
Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Qoraqalpogʻistonda uyni isitish uchun oʻrnatilgan pechdan chiqqan is gazidan olti kishi vafot etdi. Ular orasida 11 va 7 yoshli bolalar bor.

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Qoraqalpogʻistonda bir kechada oilaning 4 nafar aʼzosi va 2 nafar mehmon iz gazidan zaharlanib halok boʻldi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi xabariga koʻra, joriy yil 9 dekabr kuni soat 17:00larda Xoʻjayli tumani IIBga bu boradagi maʼlumot kelib tushgan.

Avtomobil skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Sirdaryoda yosh kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi

Maʼlum boʻlishicha, Xoʻjayli tumani “Samankol” ovul fuqarolar yigʻinidagi xonadonlarning birida yashovchi G.YU. va A.R. hamda ularning 11 va 7 yoshli farzandlari X.E. va X.A.lar, shuningdek, ushbu xonadonga mehmon boʻlib kelgan fuqarolar – K.A. va X.A.lar uyni isitish uchun oʻrnatilgan pechdan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgan.  

Hozirda ushbu holat yuzasidan Xoʻjayli tumani prokuraturasi tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda. 

Tergov harakatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Fuqarolardan bunday koʻngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida gaz va isitish uskunalaridan foydalanilganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish soʻralgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala