Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Analitika

Tajovuzkorlarga shama: Rossiya oʻz qasos quroli jangovar shayligini tekshirib koʻrdi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishDejurnыy boyevoy post RVSN
Dejurnыy boyevoy post RVSN - Sputnik Oʻzbekiston
2020 yil yakun topib borayotgan bir vaqtda Rossiya oʻquv mashqlari davomida strategik yadroviy raketalar triadasini (osmonda, dengizda va quruqlikda) ishga tushirib, oʻzi bilan munosabatlarda harbiy-siyosiy bosim va ultimatumlar befoyda ekanini yana bir karra eslatib qoʻydi

Rossiya Qurolli Kuchlari 9-dekabr kuni Strategik Yadro Kuchlari (SYAK)ni boshqarish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazdi. Barentsev dengizi, Plesetsk kosmodromi, shuningdek Tu-160 va Tu-95MS samolyotlaridan "Yars" va "Sineva" ballistik raketalari, yuqori aniqlikdagi uzoq masofaga uchuvchi X-101 i X-555 raketalari uchirildi.

Takticheskiy raketnыy kompleks Tochka-U - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Xorijiy OAV Rossiyaning eng dahshatli quroli nomini aytdi

Shimoliy flotning atom suv osti kemalari, strategik raketa kuchlari va strategik aviatsiya ekipajlari hisob-kitoblari muvaffaqiyatli kechdi - jangovar qoʻllanilish chizigʻidan minglab kilometr masofada joylashgan Kura (Kamchatka yarim oroli) va Pemboy (Komi respublikasi) poligonlaridagi nishonlar yoʻq qilindi.

Eslatib oʻtaman, "Yars"  - mintaqalararo ballistik raketa(MBR)larining maksimal uchish masofasi - 11 ming km, "Sineva" MBRniki - 8 300 km, havo bazasiga tayanadigan raketalar - X-101 – 5 500 km, X-555 – 2 500 km.

SYAK mashgʻulotlari texnologik sabablarga koʻra boʻlib oʻtdi. Rossiya oʻzining qasos quroli ishonchliligini tekshirmoqda. Moskva voqealarning har qanday rivojiga tayyorlanmoqda, chunki Vashington qurollarni cheklash boʻyicha xalqaro shartnomalarni birma-bir tark etmoqda.

Tanki T-14 Armata  - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Rus quroli: 2020 yilning dastlabki natijalari

Hatto Amerikaning The National Interest nashri ham  RF chegaralari yaqinida Shimoliy Atlantika alyansining yuqori darajadagi harbiy faolligi xavfsizlik sohasida zaif tomonlarni vujudga keltirib, Moskvani yangi qurollarni ishlab chiqarishga undayotganini tan olgan. Keng miqyosli harbiy mojaro yuzaga kelgan taqdirda, Rossiya strategik maqsadli yadroviy qoʻshinlari oddiy qurollarda NATO ustunligini assimetrik tarzda tezda oʻrnini toʻldirish imkonini beradi. Turli quvvatdagi yadroviy zaryadlar spektri dushman obʼyektlari va nishonlarini yoʻq qilish vazifalarini differentsial yechish imkoniga ega.

Bunda RF Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qoʻmondoni boshqaruv tizimi va "yadro jomadoni"ga tegishga hojat qolmaydi, keling, SYAK va boyegolovka (jangovar kallaklar) tarkibiy qismlari qanday ishlashini koʻrib chiqamiz.

Yadroviy triada

Yadroviy boyegolovkalar tashuvchilarini jangovar qoʻllash sohalar - havoda, dengizda va yerda taqsimlash - maksimal darajada maxfiylikni saqlash, texnologik ishonchlilik, jangovar yashovchanlik va qasos quroli samaradorligiga yetkazish imkonini beradi. Masalan, "Sineva" MBR butunlay yashirin va kutilmagan tarzda suv ostidan (Jahon okeanining istalgan nuqtasida) start oladi. Triadaning har bir komponenti strategik vazifani avtonom ravishda bajarishga qodir. Jangovar integrallashuv muammoning yechimini soʻzsiz va kafolati taʼminlaydi.

Yadroviy kuch: Rossiya suvosti kema va aviatsiya ishtirokida strategik mashq oʻtkazdi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Yadroviy uchlik: Rossiya suvosti kema va aviatsiya ishtirokida mashq oʻtkazdi

Mukammal yadroviy triada faqatgina AQSH va Rossiyada bor va shu ikkovi sayyorada yaratilgan boyegolovkalarning 90 foizidan ortigʻiga egalik qiladi. 9-dekabr kuni Amerikaning RC-135S razvedkachi-samolyoti Alyaskadagi aviabazadan havoga koʻtarilib, orada yoqilgʻi quyib olgan holda Rossiya chegaralari yaqinidagi Bering dengizi ustida soatlab parvozni amalga oshirgani bejiz emas. Bu Rossiyada MBR uchirilishi, SYAK ishga tushirilishi boʻyicha telemetrik maʼlumotlarni toʻplash edi.

Lavrov zayavil ob oderjimosti SSHA ideyey sderjivaniya Rossii i Kitaya - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Lavrov yadroviy ziddiyat xatarlari oshgani haqida gapirdi

RFning yadroviy tiyib turish sohasidagi davlat siyosatiga mufofiq, quyidagi toʻrt shartga koʻra yadroviy javob zarbasi yoʻllanilishi mumkin: Rossiya va uning ittifoqchilari hududiga ballistik raketalarni uchirilgan, ommaviy qirgʻin qurollari bilan zarba berilgan, oʻta muhim davlat yoki harbiy obʼyektlarga taʼsir koʻrsatilgan, shuningdek, RF mavjudligiga tahdid soluvchi anʼanaviy qurollar bilan tajovuz qilingan taqdirda.

RF Qurolli Kuchlari Bosh shtabi quyidagilarni aniqlashtirib oʻtadi: Moskva Rossiya hududiga berilgan har qanday raketa zarbasidan soʻng yadro salohiyatini ishga soladi. Dushman qanday qurol bilan hujum qilayotganini aniqlashning imkoni yoʻqligi sababli, Rossiya Federatsiyasiga qarab uchiriladigan har qanday ballistik boyegolovka yadroviy, deya qabul qilinadi.

Gʻarblik "sheriklar" bu haqda bilishadi, shunday boʻlsa-da Arktika, Boltiq dengizi, Qora dengiz, Tinch okeani mintaqalarida fitnaga yoʻgʻrilgan harbiy faollikni kamaytirgani yoʻq. Sal oldin Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu AQSH HHK samolyotlari RF boʻylab zarba berishlarni mashq qilishgani haqida xabar bergandi. Shu jumladan, amerikaning V-52 bombardimonchi-samolyotlari bilan Sankt-Peterburg va Kaliningradga xavfli darajada yaqinlashuv parvozlari ham mashq qilingan. Rossiyaning bunga reaktsiyasi mantiqqa toʻgʻri keladi.

AQSH va Yevropaning raketalar boʻyicha til biriktirishi: nemis jurnalistlarining taxmini - Sputnik Oʻzbekiston
Video
NATO davlatlari yadroviy urushga tayyorgarlik koʻrmoqdami?

RF strategik maqsadli yadroviy qoʻshinlari belgilangan grafikdan ertaroq yangi raketa majmualariga ega boʻlmoqda. "Yars", "Sarmat", "Avangard" shular jumlasidan. Atom submarinalari, Strategik maqsadli raketa qoʻshinlari qismlari, bombardimonchi-raketa tashuvchilar – doimiy (tunu-kun)jangovar navbatchilik olib boradi, ular alohida nishon yoki yoʻnalishlarda (vaziyatga qarab) shu onning oʻzidayoq javob zarbasini berishga shay. Rossiya yadroviy triadasining barcha tarkibiy qismlari bir vaqtning oʻzida jalb etilgan mashgʻulotlar muntazam boʻlib turadi.

Zanjirli reaktsiya

Rossiya Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Sergey Ryabkov SYAK mashgʻulotlari kuni shunday degandi: "Yadro urushiga yoʻl qoʻymaslik va unda gʻalaba qozonishning iloji yoʻqligini toʻgʻri va qarashlarning turli nuqtasidan oʻz vaqtida tasdiqlash juda muhim".

Avvalroq Rossiya "strateglari" tomonidan oʻtkazilgan mashgʻulotlar paytida "Rossiyaga ommaviy yadroviy raketa zarbasidan keyin"gi holat boʻyicha mashqlar oʻtkazilgan edi. Ehtimoliy tajovuzkorga shartli javob shu qadar ishonchli koʻrindiki, NATO keskin ravishda ohangini oʻzgartirdi va "notoʻgʻri hisob-kitoblar va tushunmovchiliklardan saqlanishni" taklif qildi.

Yadernыy vzrыv - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Buyuk derjavalar oʻrtasida yadroviy urush kelib chiqishi mumkinmi — ekspert fikri

Orenburg yaqinida jangovar xizmat olib boruvchi "Avangard" gipertovushli bloklari (RF mudofaa qobiliyatining texnologik choʻqqisi) dushman hududidagi nishonlarga muqarrar start olmoqda. Mintaqalararo ballistik raketa (UR-100N UTTX) bloki Yer boʻylab harakatlanib, hisoblangan vaqtda nishondan ming kilometr uzoqda atmosferaga kirishi mumkin.

Soʻngra soatiga 24 ming kilometr tezlikda oldindan aytib boʻlmas trayektoriyada "Avangard" uchib keladi va dushman obʼyektini kafolatli yoʻq qiladi. Himoya yoʻq bundan.

Atomnыy vzrыv - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH mashgʻulotlarda Rossiyaga yadroviy zarba berishni mashq qildi

Uchinchi avlod mintaqalararo ballistik raketasi RSM-54 "Sineva" atom strategik submarinalar qurollari safida turadi. Raketaning start vazni – 40 tonnaga yaqin va u har biri 100 kilotonnagacha boʻlgan toʻrtta yoki oʻntagacha individual yoʻlga solinuvchi jangovar bloklarni tashiydi. Maksimal parvoz masofasi – 11 500 kilometrgacha. Bu real tiyib turish xususiyatiga ega boʻlgan dengiz qaʼridagi dahshatli va koʻrinmas quroldir.

RF hududi ustidan yoki neytral suvlar uzra havo hududidan bombardimonchi-raketa tashuvchisi bortidan uchirilgan havo bazasida joylashuvchi X-101 strategik qanotli raketa 30 metrdan 10 km gacha boʻlgan balandlikda soniyasiga 270 metrgacha boʻlgan tezlikda 5500 km masofani bosib oʻtishga qodir va ogʻirligi 430 kg gacha boʻlgan boyegolovkani juda katta aniqlikda nishonga "yetkazib qoʻyadi".

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala