Dunyoda

Germaniya mamlakat tarixidagi eng qatʼiy lokdaunni joriy etmoqda

© REUTERS / Matthias RietschelBezlyudnaya ploщad v Drezdene, Germaniya
Bezlyudnaya ploщad v Drezdene, Germaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Avvalroq Germaniya kantsleri Angela Merkel va federal zaminlar rahbarlari mamlakatda 16 dekabrdan 10 yanvarga qadar umummilliy lokdaun joriy etishni muvofiqlashtirib olishgandi.

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Germaniya 16 dekabrdan mamlakat tarixidagi eng qatʼiy lokdaunni joriy etmoqda, koronaviru tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat oʻta jiddiy. Bu haqda mamlakat prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer oʻz telemurojaatida maʼlum qildi.

“Hurmatli fuqarolar, barchamiz keyingi oldinga siljishga umid qilgandik. Biroq virus avvalgidek bizni nazorat ostida ushlab turibdi. Shu bois chorshanba kunidan boshlab Federativ Germaniya Respublikasi tarixidagi jamiyat va shaxsiy hayotimiz yanada qatʼiy cheklanadi. Vaziyat dahshatli”, - dedi u.

COVID-19: Yevropu zaxlestnula volna protestov protiv izolyatsii i ogranicheniy - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Yevropa karantin cheklovlariga qarshi - video

Frank-Valter Shtaynmayerning soʻzlariga koʻra, mamlakatda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat dahshatli, chunki hafta davomida minglab bemorlar vafot etdi va virus nazorat ostidan chiqib ketishi mumkin.

“Qatʼiy choralarni koʻrmasdan ilojimiz yoʻq”, - deya qoʻshimcha qildi Shtaynmayer.

Avvalroq Germaniya kantsleri Angelp Merkel va federal zaminlar rahbarlari mamlakatda 16 dekabrdan 10 yanvarga qadar umummilliy lokdaun joriy etishni muvofiqlashtirib olishgandi.  16 dekabrdan Germaniyada oziq-ovqat doʻkonlari, dorixonalardan tashqari barcha doʻkonlar yopiladi. Bu davrda maktablar, sartaroshxonalar yopiladi, kompaniyalarga oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatish yoki xodimlar masofadan ishlashi tartibiga oʻtish tavsiya qilinmoqda. Besh kishidan ziyod toʻplanishi taqiqlanadi. Pirotexnika vositalari savdosi taqiqlanadi, fuqarolardan bayramda mushakbozlik uyushtirishdan oʻzlarini tiyishlari soʻralgan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Germaniyada 1,3 milliondan ziyod kishi koronavirus bilan kasallangan. Shulardan 967,9 mingdan ziyodi tuzalib ketgan. 22 405 kishi virus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala