Dunyoda

Dunyo mamlakatlari koronavirusning yangi turi sabab Britaniya bilan parvozlarni toʻxtatmoqda

© Sputnik / Djastin Griffits-Uillyams / Fotobankka oʻtishLokdaun v Londone
Lokdaun v Londone - Sputnik Oʻzbekiston
Virusning yangi turi Buyuk Britaniyada paydo boʻlgani yoki u tashqaridan olib kirilgani haqidagi maʼlumot hozircha yoʻq. London va Angliyaning janubiy-sharqida lokdaun joriy etilgan. London aholisi cheklovlar qatʼiylashtirilgandan soʻng ommaviy ravishda shaharni tark eta boshladi.

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlari, jumladan, Yevropa Ittifoqiga aʼzo kamida 14 ta davlat, Buyuk Britaniyada koronavirusning yanada yuqumliroq turi aniqlangandan soʻng u bilan transport aloqasini toʻxtatib qoʻyish yoki cheklashga qaror qildi.

Koronavirusning yangi turi Birlashgan qirollikda dekabr oʻrtasida aniqlangan. Mamlakat bosh vaziri Boris Jonson bu shtamm birinchisiga qaraganda 70 foizga yuqumliroq ekanini maʼlum qildi.

Niderlandiya hukumati birinchilardan boʻlib Britaniya bilan parvozlarni 1 yanvargacha toʻxtatib qoʻyishini bildirdi. Uning ortidan Belgiya Qirollik bilan chegaralarini yopdi. Shu bois London va Bryussel va London va Amsterdam oʻrtasidagi temir yoʻl aloqalari bekor qilingan.

3d model koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koronavirus hech qachon yoʻq qilinmaydi – angliyalik ekspert

Shuningdek, Italiya, Germaniya, Bolgariya, Irlandiya, Litva, Latviya va Finlyandiya Britaniya bilan parvozlarni toʻxtatib qoʻydi.

Frantsiya 48 soatga barcha transport aloqalarini toʻxtatishga qaror qildi. Shvetsiya bu mamlakatdan kelayotganlarning kirishini taqiqladi, Gretsiya ular uchun yetti kunlik, Kipr ikki haftalik karantin joriy etdi, Ispaniya esa Birlashgan Qirollikdan kelayotganlarni nazorat qilishni kuchaytirdi.

Yevroittifoq mamlakatlaridan tashqari Isroil,Turkiya, Kanada va Argentina ham Britaniya bilan parvozlarni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Saudiya Arabistoni esa oʻz chegaralarini bir haftaga toʻliq yopib, barcha xalqaro reyslarni bekor qildi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, koronavirusning yangi turi Daniya, Niderlandiya va Avstraliyada ham aniqlangan. JAR va Italiya hukumati ham yangi shtamm aniqlangani xabar qildi.

Virusning yangi turi Buyuk Britaniyada paydo boʻlgani yoki u tashqaridan olib kirilgani haqidagi maʼlumot hozircha yoʻq. London va Angliyaning janubiy-sharqida lokdaun joriy etilgan. London aholisi hukumat cheklovlarni qatʼiylashtirgandan soʻng ommaviy ravishda shaharni tark eta boshladi.

Buyuk Britaniya hukumati 20 dekabr kuni mamlakatda sutka davomida rekord darajadagi 35,9 mingta yangi koronavirus bilan kasallanish aniqlanganini xabar qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala