Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya

COVID bor ekan, oʻzbek migrantlari Rossiyaga nazoratsiz kira olishmaydi - diplomat

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishMigrantы ubirayut sneg v Moskve
Migrantы ubirayut sneg v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Diplomatning taʼkidiga koʻra, Rossiya Hukumati rahbarining ijtimoiy siyosat boʻyicha oʻrinbosari Tatyana Golikova boshchiligidagi tezkor shtab koronavirus infektsiyasi bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashmagan davlatlardan odamlar kelishiga cheklovlar oʻrnatgan.

TOSHKENT, 22 dek - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Koronavirus muammosi bor ekan, oʻzbekistonlik migrantlar Rossiya Federatsiyasiga nazoratsiz kirishlari imkoni boʻlishi dargumon, dedi kuni kecha jurnalistlar bilan uchrashuvda Rossiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev.

Posol RF v Uzbekistane Vladimir Tyurdenev - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
"Doʻst boshga kulfat tushganda bilinadi": Rossiya-Oʻzbekiston munosabatlari Tyurdenev nigohida

Diplomatning taʼkidiga koʻra, Rossiya Hukumati rahbarining ijtimoiy siyosat boʻyicha oʻrinbosari Tatyana Golikova boshchiligidagi tezkor shtab koronavirus infektsiyasi bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashmagan davlatlardan fuыarolar kelishiga cheklovlar oʻrnatgan. Ammo mehnat muhojirlarining Rossiyaga kirib kelishi davom etmoqda. 

Pandemiya davrida Oʻzbekistondan mehnat muhojirlarining Rossiyaga kirib borishi faqatgina tashkillashtirilgan va tartibli ravishda amalga oshirilib kelinmoqda. Bunda ishga jalb qilish boʻyicha Rossiya Federatsiyasidagi yirik ish beruvchilar bilan kelishuvlarga erishilmoqda.

"Shu jumladan, tashkillashtirilmagan tartibda mehnat migrantlariga RFga yoʻl ochish masalasida Oʻzbekistonlik sheriklar - jumladan, Oʻzbekiston bosh vazirining migratsiya masalalari boʻyicha maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov bilan muzokaralar oʻtkazmoqdamiz. Lekin, meni fikrimcha, koronavirus bilan bogʻliq vaziyat saqlanib qolar ekan, oʻzbekistonlik migrantlar Rossiya Federatsiyasiga nazoratsiz kirishlari dargumon", - deb aniqlik kiritdi Tyurdenev.

Vaktsinatsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Migrantlarni emlash uchun “Sputnik V” vaktsinasini yetkazib berish toʻgʻrisida bitim imzolandi

Elchining soʻzlariga koʻra, bu nafaqat xavfli, balki, birinchi oʻrinda mehnat muhojirlarining oʻzini Rossiya Federatsiyasida oʻta ogʻir sharoitga tushib qolishlariga sababchi boʻlishi mumkin. Taʼkidlanishicha, hozirda ikkala tomon ham kompromiss variant topish ustida ish olib bormoqda.

"Rossiya tomoni Oʻzbekistondan kelayotgan mehnat migrantlari soni koʻpayishidan manfaatdor. Rossiya bu mehnat muhojirlariga muhtoj. Ammo ikkala tomon ham ushbu jarayon koronavirusning yangi oʻchoqlarini keltirib chiqarmasligini istaydi. Chunki bu birinchi galda migrantlarning oʻzini juda ogʻir vaziyatga solib qoʻyishi mumkin", - deb taʼkidladi diplomat va ushbu masala kun tartibidan tushmay kelayotganini, ammo unga tezkorlikda yechim topishning imkoni yoʻqligini qoʻshimcha qildi. 

Bu vaqtda esa Rossiyada migrantlarning vaqtincha boʻlish muddati uzaytirildi

Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi prezidentining 2020 yil 15 dekabrdagi farmoniga koʻra, mehnat migrantlarining mamlakatda vaqtincha boʻlib turish muddati 2021 yil 15 iyungacha uzaytirildi.

Ushbu tartib, Rossiya Federatsiyasi hududida 2020 yil 15 martgacha qonuniy boʻlgan chet el fuqarolari uchun amal qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala