Siyosat

Rossiya Federatsiyasi sobiq prezidenti umrbod senator boʻlishi mumkin - yangi qonun

© RIA Novosti . Mikhail Klimenteev / Fotobankka oʻtishV.Putin podpisal Ukaz ob obrazovanii Krыmskogo Federalnogo okruga RF
V.Putin podpisal Ukaz ob obrazovanii Krыmskogo Federalnogo okruga RF - Sputnik Oʻzbekiston
Qonunda aniqlik kiritilishicha, Federatsiya Kengashiga prezident tomonidan tayinlanadigan soni 30 nafardan koʻp boʻlmagan RF vakillari kiradi, ular orasida yetti nafarigina umrbod tayinlanishi mumkin.

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Vladimir Putin federal qonunni imzoladi, unga koʻra davlat rahbari prezident vakolatlari tugaganidan soʻng senator boʻlishi va umrbod belgilangan kvotaga daʼvogarlik qilishi mumkin, deb xabar beradi RIA Novosti huquqiy axborot rasmiy Internet portaliga tayangan holda.

Rossiya Konstitutsiyasiga tuzatishlar: sobiq SSSR davlatlarida ovoz berish jarayoni qanday oʻtdi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Rossiya Konstitutsiyasiga tuzatishlar: sobiq SSSR davlatlarida ovoz berish jarayoni qanday oʻtdi

Ushbu yangiliklarni koʻzda tutuvchi "Federatsiya Kengashini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida"gi yangi tahrirdagi qonunning tashabbuskori RF prezidenti boʻldi. Ushbu hujjat Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish doirasida kiritilgan.

Yangi nizomga muvofiq, RFning sobiq prezidenti FKga tegishli hujjatlar kiritilgan arizani taqdim etgan kundan boshlab senator maqomini oladi.

Ariza prezidentlik vakolati tugagan muddatdan boshlab uch oy davomida taqdim etilishi mumkin. Ushbu qonun qabul qilingunga qadar vakolatlari tugatilgan prezident bu ishni istagan vaqtida amalga oshirishi mumkin.

Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye v plenarnom zasedanii Gosdumы RF - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin 2024 yilgi saylovlarda prezidentlikka oʻz nomzodini qoʻyishga qarshi emasligini aytdi

Qonunda aniqlik kiritilishicha, Federatsiya Kengashiga har bir regionning ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hukumat vakillaridan tashqari, prezident tomonidan tayinlanadigan soni 30 nafardan koʻp boʻlmagan RF vakillari kiradi, ular orasida yetti nafarigina umrbod tayinlanishi mumkin.

Umrbod senatorlik vakolatlarini amalga oshiruvchi RF vakillari davlat va jamoatchilik sohalarida ulkan hissa qoʻshgan fuqarolar tayinlanishi mumkin.

Senatorlar - (yetti kishidan koʻp boʻlmagan) RF vakillari prezident farmoni bilan olti yilga yoki umrbod tayinlanadi. Senatorlarni tayinlash prezident vazifasiga kirmaydi, ammo bunga u haqli va istalgan vaqtda uning xohishiga koʻra amalga oshirilishi mumkin.

 

Tegishli qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala