Kolumnistlar

Rossiyaning Su-57 qiruvchisi dunyoni egallamoqda. Uning asosiy xususiyati nimada?

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishMnogofunktsionalnыy istrebitel Su-57 na vserossiyskom etape konkursa "Aviadarts" na aviatsionnom poligone "Dubrovichi" pod Ryazanyu.
Mnogofunktsionalnыy istrebitel Su-57 na vserossiyskom etape konkursa Aviadarts na aviatsionnom poligone Dubrovichi pod Ryazanyu. - Sputnik Oʻzbekiston
Cu-57 havoda F-22 va F-35ga nisbatan katta ustuvorlikka ega boʻlib, texnologik jihatdan, qurollar kuchi, uchish uzoqligi, tezligi borasida F-22 va F-35 samolyotlaridan yetib boʻlmas darajada oldinda.

Beshinchi avlod qiruvchisi - Su-57, oʻzining takrorlanmas taktik-texnik xususiyatlari va qoʻllanilayotgan oltinchi avlod texnologik yechimlari bilan barchani hayratga solmoqda va xalqaro hamjamiyat orasida tez obroʻ qozonmoqda.

Seriyali ravishda ishlab chiqilgan dastlabki Su-57 samolyoti Rossiya Havo-kosmik kuchlariga (HKK) ushbu oyda foydalanishga topshiriladi.

Ikkinchi bosqich dvigateliga ega boʻlgan 5-avlod samolyoti 2022 yilda tayyor boʻladi. 2024 yil oxiriga kelib Rossiya HKK tarkibida 22ta Su-57 qiruvchisi paydo boʻladi. 2028 yilga kelib ularning soni – 76taga yetadi. Ushbu samolyotning kema palubasidan uchiriladigan turi kelgusi yil oxirida ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Su-57ni xarid qilish uchun 8ta mamlakat navbatda turibdi.

Rossiya Harbiy-sanoati majmuasi boshqarmasining boshligʻining birinchi oʻrinbosari Andrey Yelchaninov aytishiga qaraganda samolyot xorijiy xaridorlarga alohida samolyot koʻrinishida, toʻliq qurollangan samolyot koʻrinishida va sotuvdan keyingi servis-paketi bilan yetkazib berilishi mumkin.

Vozdushnыy parad Pobedы v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
Rossiya quroli: Su-57 qiruvchisi va “ovchi” ogʻir zarba droni

Aljir Su-57ning birinchi xorijiy buyurtmachisi boʻldi. Ushbu Afrika davlati 14ta Su-57E qiruvchilariga buyurta joylashtirdi.

Hindiston esa Su-57ning eng yirik buyurtmachisi boʻlishi kutilmoqda. U ham samolyotlar sotib olish ham oʻz hududida Su-57ni litsenziya asosida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga tayyor. Hindiston oldin ham MiG-21, MiG-27 va Su-30 samolyotlarini ishlab chiqargan edi. Hindiston Rossiyada ishlab 2 oʻrinli samolyotlarni ustun qoʻygani sababli, Rossiya muhim xorijiy hamkorining talabini bajarishga tayyor.

Xitoy, Myanma, Vyetnam, Malayziya, Eron va Turkiya ham Su-57 samolyotlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Toʻrtinchi avlod samolyotlari eskirib borayotgani tufayli, hamda jahon bozorida Su-57ga munosib raqib yaqin atrofda mavjud emasligi tufayli – uning xaridorlari soni tobora ortib borishi muqarrar.

Su-57ning yagona raqibi Rossiyada ishlab chiqilgan yirikrok tutuvchi-qiruvchi MiG-41 boʻlishi mumkin. Yangi MiG 2018 yildan boshlab ishlab chiqilmoqda, lekin hozircha tayyor emas.

Fantastik istiqbollar

Amerikaning Military Watch Magazine jurnali yozishiga koʻra, Rossiya ushbu samolyotga yangi Saturn-30 dvigatellari oʻrnatib, gipertorvush raketlar oʻrnatib uning imkoniyatlarni 6 avlod samolyotiga yaqinlashtirganidan soʻng, Su-57ning ommaviyligi yanada oshadi.

Vozdushnыy parad Pobedы v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
Rossiya qaysi davlatga birinchi boʻlib yangi Su-57 qiruvchilari sotadi

Lekin, Su-57 bugun ham qiruvchi-tutuvchi va zarba beruvchi samolyot vazifasini bajarishi mumkin. Uning jangovar yuk/samolyot massasi nisbati  4-avlod qiruvchilariga qaraganda ancha yuqori. Sunʼiy ong esa Su-57ga ogʻir uchuvchisiz apparat S-70 bilan  muvaffaqiyatli ishlash imkonini beradi. S-70 "Oxotnik" – sunʼiy ongi va 6-tonnali bomba va raketalar arsenaliga ega boʻlib 5000 km jangovar radiusda harakat qilishi mumkin.

Su-57 – bu harbiy samolyotlar kelakjagi tomon qoʻyilgan qadam boʻlib, u bir vaqtning oʻzida ham samarali jangovar birlik va 6 avlod texnologiyalari uchun ilmiy laboratoriya boʻlib qolmoqda.  

Uchuvchi tomonidan boshqariladigan Su-57, 90% vazifalarni avtomatik ravishda bajarishi mumkin. U oldindan tayyorlangan dastur asosida toʻliq avtomatik ravishda harakat qilishi mumkin.

Su-57 va S-70 uchuvchisiz apparatini birgalikda qoʻllash – bu oltinchi avlod samolyotlariga xos boʻlgan yangi jangovar taktika va amaliyotlarni qoʻllashga olib kelmoqda. Bu fantastika emas.

Rossiyskiye mnogofunktsionalnыe istrebiteli pyatogo pokoleniya Su-57 vыpolnyayut demonstratsionnыy polet na Mejdunarodnom aviatsionno-kosmicheskom salone MAKS-2019 v podmoskovnom Jukovskom - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Erdoʻgʻon Su-57 qiruvchilarini sotib olish boʻyicha muzokara olib borilayotganini aytdi

Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Yuriy Borisov 21 dekabrda aytishiga koʻra, oltinchi avlod samolyotlari uchuvchisiz boʻladi va u nafaqat alohida jangovar birliklardan balkim yagona aviatsiya majmuasidan iborat boʻladi.

Bunday samolyotlarni yerdan yoki yonida uchib ketayotgan apparatdan turib boshqarish ham mumkin boʻladi. Ayni damda Rossiya Mudofaa vazirligi turli boshqaruv uslublarining samaradorligini aniqlash bilan shugʻullanmoqda.

Maʼlumki, bunday ishlar tajriba-konstruktorlik loyihalaridan boshlab tayyor mahsulotga yetib kelganicha 5-7 yil vaqt kerak boʻladi. Oltinchi avlod qiruvchisini yaratish 2016 yilning bahorida boshlangan edi. Oʻshanda Birlashgan aviatsiya qurilish korporatsiyasida harbiy aviatsiya boʻlimi boshligʻi Vladimir Mixaylov dastlabki parvoz 2025ga qadar alaga oshiriladi degan edi.

Hozircha esa, uchuvchi yordamida boshqariladigan Su-57 bor. Uning eksport potentsiali ulkan boʻlsa-da, beshinchi avlod qiruvchilari dastlab Rossiya HKKga yetkazib beriladi.

“Oʻz armiyamiz ehtiyojini qondirmagunimizcha, xorijga hech narsa sotmaymiz. Mudofaa vazirligidan 76ta samolyotga buyurtma olganmiz- zavodlar ishlamoqda”, - degan edi Yuriy Borisov.

Ustuvorlik sirlari

Su-57ning xususiyatlari zavod tomonidan hozircha sir saqlanmoqda. Ochiq manbaalardan maʼlum boʻlishicha, Su-57 jangovar birligi 15ta “havo-havo”yoki “havo-yer” turidagi eng yangi zarba berish vositalaridan iborat. Jumladan kemalarga zarba beruvchi "Kinjal" gipertovush raketasi ham bor.

Rossiyskiye mnogofunktsionalnыe istrebiteli pyatogo pokoleniya Su-57 vыpolnyayut demonstratsionnыy polet na aviatsionno-kosmicheskom salone MAKS-2019  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Ishlab chiqaruvchi Su-57 qiruvchining sirlarini oshkor qildi

Gʻarbiy mutaxassislar xulosasiga koʻra, Su-57 beshinchi avlod samolyotlarining munosib vakilidir. Unda qoʻllanilgan texnologiyalar dunyodagi faqat 2-3ta davlatlarda bor. Samolyot 6-avlodga juda yaqin kelgan.

Uch vektorli tortish kuchiga ega boʻlgan dvigatellar havoda boshqa qiruvchilar uchun imkoni boʻlmagan manyovrlarni bajarish imkonini beradi.

Samolyot yon tomonidan joylashgan radiolokatsion stantsiyalari esa nishon qidirishda yuqori  avtonomlik va aniqlik beradi hamda raqib radarlari uchun koʻrinmas boʻlish imkonini yaratadi.

Radioelektron kurash majmuasi (REB) esa turli koʻrinishdagi “toʻsiq” yaratish, samolyotni oʻzini oʻzi yoʻnaltiruvchi raketalardan himoya qilish imkonini beradi. “Gimalai” nomli REB F-22 va F-35 qiruvchilarini uzoq masofadan turib “koʻra” olishi va “zararsizlantirishi” mumkin.

Poletы noveyshix istrebiteley Su-57 v Sirii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyaning Su-57 qiruvchisi yangi qurol bilan jihozlanadi

Cu-57 havoda F-22 va F-35ga nisbatan katta ustuvorlikka ega boʻlib, texnologik jihatdan, qurollar kuchi, uchish uzoqligi, tezligi va manyovliligi borasida F-22 va F-35 samolyotlaridan yetib boʻlmas darajada oldinda.

Bugungi kunda ommaviy OAVlarda keltirilgan solishtiruvlar koʻp jihatdan notoʻgʻri. Chunki F-22 boshidan faqat “havo-havo” turkumidagi (kichik) raketalarni joylashtirish uchun qurilgan. Keyin esa uning boʻlinmalariga “havo-yer” turkumidagi raketalarni joylashtirimoqchi boʻlishdi. Ikkinchi turkum raketalar oʻchami ancha katta boʻlgani tufayli ularni samolyotga oʻrnatishda muammolar paydo boʻldi.

Natijada amerikaliklar undan koʻra arzonroq boʻlgan koʻrinmas bomba tashuvchi F-35 ni yaratishga kirishdi. Eslatib oʻtamiz, F-35 – bu tovush tezligigacha boʻlgan tezliklarda harakatlanuvchi, “koʻrinmas” texnologiyalari koʻp maqsadli bombardimonchi-qiruvchi samolyotdir. Uning vazifasi raqib hududiga yashirin kirib olib, yerdagi nishonlarga zarba berish va boshqa samolyotlar harakatini koordinatsiya qilishdir.

Su-57, F-22 va F-35 samolyotlari tuzilishi turlicha boʻlgani tufayli ularning ustuvorlik xususiyatlari ham turlichadir.

Rossiyskiy mnogofunktsionalnыy istrebitel pyatogo pokoleniya Su-57  - Sputnik Oʻzbekiston
Kolumnistlar
AQSH nima sababdan Su-57 qiruvchisining "yaxshilanishi"dan xavotirda

Koʻp maqsadli Su-57 yaqin va uzoq masofali janglarda barcha, havo, yer va suvdagi nishonlarni yoʻq qilish, dushman havo himoyasini yengib oʻtish, aviatsiyani boshqarish tizimini izdan chiqarishga qaratilgan.

Yangi mashina yuqori darajali texnologik samaradorlik darajasiga koʻtarilgan, Suriya osmonida jangovar sharoitlarda sinovdan oʻtgan. Rossiya Mudofaa vazirligi bekorga 76ta qiruvchiga buyurtma bermagan.

Shuningdek Su-57 chuqur integratsiya qilingan, yuqori dajada avtomatlashtirilgan avionika majmuasiga ega. Yaʼni ekipaj boshqaruvni toʻliq “avtopilot”ga topshirib, taktik vazifalar bilan shugʻullanishi mumkin.

Samolyot real vaqtda yerda joylashgan boshqaruv tizimlari va aviatsiya guruhi ichida axborot almashish imkoniga ega boʻlib, qoʻyilgan vazifani avtomatik ravishda bajarishi mumkin.

Su-57 amerikalik raqiblari F-22 va F-35ga nisbatan nishonni yoki xavfni ancha uzoq masofalarda aniqlashi va yoʻq qilishi mumkin. Bu yerda biz jangovar harakatlar olib borishda texnologiyalar va yondashuvlarning majmuaviy kurashini koʻrmoqdamiz.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala