Siyosat

Mirziyoyev yoshlarga: "Sizlarni Oʻzbekistonning bebaho xazinasi sifatida qadrlayman!"

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastiye v molodejnom forume
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastiye v molodejnom forume - Sputnik Oʻzbekiston
Davlat rahbari erkin iqtisodiy zonalar boʻyicha mavjud tajriba asosida, hududlarda Yoshlar kichik sanoat zonalari tashkil etilishini eʼlon qildi. Bu sanoat zonalarida oʻsib kelayotgan avlod vakillarining biznes loyihalari joylashtiriladi.

TOSHKENT, 25 dek - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston yoshlari forumiga tashrif buyurib, mamlakatda birinchi bor oʻtkazilayotgan ushbu anjuman bilan barchani tabrikladi, deb xabar bermoqda prezident matbuot-xizmati.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Fikrlaringizni qoʻrqmasdan menga ayting - prezident Qarshida yoshlar bilan uchrashdi

"Men har gal yoshlarimiz bilan uchrashganimda sizlarning gʻayrat-shijoatingizdan kuch-quvvat olaman, koʻnglim togʻday koʻtariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilaman. Sizlarni Oʻzbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman", – dedi Mirziyoyev oʻz nutqi avvalida. 

Mirziyoyev Oʻzbekistonda qanday islohotlarga qoʻl urilmasin, Hukumat avvalo, yoshlarga, ularning kuch-gʻayrati, azmu shijoatiga suyanishini taʼkidladi.

"Barchangiz yaxshi bilasiz, bugun oʻz oldimizga ulkan marralar qoʻyganmiz. Ona Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga kirishdik. Biz oila, maktabgacha taʼlim, maktab va oliy taʼlimni hamda ilmiy-madaniy dargohlarni boʻlgʻusi Renessansning eng muhim boʻgʻinlari deb hisoblaymiz. Shu sababli ayni ushbu sohalarda tub islohotlarni amalga oshirmoqdamiz. Ishonamanki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi poydevorini yaratishda sizlar singari fidoyi va vatanparvar yoshlarimiz faol ishtirok etib, munosib hissa qoʻshadilar", - dedi davlat rahbari.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaUchastniki Molodejnogo foruma 2020 v Uzbekistane
Mirziyoyev yoshlarga: Sizlarni Oʻzbekistonning bebaho xazinasi sifatida qadrlayman! - Sputnik Oʻzbekiston
Uchastniki Molodejnogo foruma 2020 v Uzbekistane

Mirziyoyev koronavirus pandemiyasi davrida yoshlar xalq dardiga darmon boʻlgani, "Saxovat va koʻmak" umumxalq harakatida koʻngilli sifatida qatnashib, qiynalgan oilalarga amaliy yordam berganini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Yoshlar va xotin-qizlarga mikrokreditlar taʼminotsiz ajratiladi

Shuningdek, prezident buyon viloyat, tuman va shahar hokimlari, vazirlar va masʼul rahbarlar yoshlar bilan uchrashuvlarni muntazam ravishda yoʻlga qoʻyishini aytib oʻtdi.

 

Davlat rahbari erkin iqtisodiy zonalar boʻyicha mavjud tajriba asosida, hududlarda Yoshlar kichik sanoat zonalari tashkil etilishini eʼlon qildi. Bu sanoat zonalarida oʻsib kelayotgan avlod vakillarining biznes loyihalari joylashtiriladi.

"Bugun oʻz tengdoshlariga ibrat boʻlayotgan, jamiyatdagi yangilanishlar jarayonida faol ishtirok etayotgan yoshlarimiz juda koʻp. Lekin, hayotda oʻz oʻrnini topishga qiynalayotgan, adashgan, koʻmakka muhtojlari ham yoʻq emas. Shuning uchun yoshlar, ayniqsa, ularning uyushmagan qatlami bilan masʼullar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻrnatishga xizmat qiladigan "Yoshlar murojaati" elektron platformasini yaratish vazifasi topshiriladi", – dedi davlat rahbari.

Soiskatel rabotы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Andijonda ishsiz yoshlarning 74,7%i ish joyiga ega boʻldi

Navqiron avlod vakillarida biznes koʻnikmalarini rivojlantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Yaqinda oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovlar aksariyat yoshlarda ijobiy motivatsiya, biznes va tadbirkorlik sohasida zarur bilim va malaka yetishmasligini koʻrsatdi. Demak, ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish lozim, dedi Mirziyoyev.

Shuni inobatga olib, kasb-hunar hamda tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish orqali maxsus sertifikat olgan yoshlarga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past stavkada mikrokreditlar ajratish yuzasidan zarur choralar koʻriladi. Bu kreditlar 7 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan beriladi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastiye v molodejnom forume
Mirziyoyev yoshlarga: Sizlarni Oʻzbekistonning bebaho xazinasi sifatida qadrlayman! - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastiye v molodejnom forume

Ushbu maqsadlar uchun 2021 yilda 45 million dollar ajratilishi, shuningdek, yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida har bir viloyatga 100 milliard soʻmdan kredit mablagʻlari yoʻnaltirilishi qayd etildi.

– Bugun oʻgʻil-qizlarimizni qiynayotgan jiddiy muammolardan biri – oʻqishni tamomlagan yoshlar bandligi, – deya soʻzida davom etdi prezident. – Koʻplab maktab va kollej bitiruvchilari, baʼzan oliy maʼlumotli yigit-qizlar ham, ish topishda qiyinchilikka uchramoqdalar.

Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi

Maʼlumki, hozirgi vaqtda Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlarida 7-11-sinf oʻquvchilariga taʼlim berish bilan birga ularni eng kamida bitta kasbga oʻrgatish amaliyoti joriy etilgan. Oʻquvchi 11-sinfga oʻtdimi, u tuman yoki shahar hokimligining bevosita eʼtiborida boʻlishi belgilangan.

– Tashkilotlar yosh mutaxassisni ishga olishdan manfaatdor boʻlishi kerak. Shu sababli, hukumatga yosh kadrlar uchun belgilangan sinov muddati davrida ish beruvchilarga imtiyozlar taqdim etish masalasini koʻrib chiqish vazifasi topshiriladi, – dedi prezident.  

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qoʻllab-quvvatlash va yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlash ham ustuvor vazifalardan biri.

Oʻtgan uch yil mobaynida mamlakatimiz boʻyicha 5 ming 100 tadan ortiq namunali yosh oilaga arzon uy-joylar qurilib, qariyb 200 milliard soʻm miqdorida boshlangʻich badal pullari toʻlab berildi. Buning mantiqiy davomi sifatida 2021-2023 yillarda Yoshlar uylarini qurish dasturini ishlab chiqib, amalga oshirish vazifasi belgilandi.

Svadba - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda oilaviy ajrimlar soni sezilarli darajada oshdi

"Xalqimiz azaldan oilani muqaddas bilib, uni asrab-avaylab keladi. Oila mustahkam boʻlsa, jamiyat barqaror boʻladi. Bir narsani unutmasligimiz lozim: xonadonlarimizdagi tinchlik-totuvlik, avvalo, oiladagi sogʻlom muhitga, mustaqil hayot ostonasida turgan qizlarimizni oilaviy turmushga tayyorlash bilan bevosita bogʻliq", – dedi davlatimiz rahbari.

Joriy yilning oʻtgan 11 oyi davomida yosh oilalar oʻrtasida 25 mingga yaqin ajralish boʻlgani afsus bilan qayd etildi.

"Men, bugungi imkoniyatdan foydalanib, keng jamoatchilikka, avvalambor, koʻpni koʻrgan moʻʼtabar nuroniylarimizga, oqila va mehribon onalarimizga murojaat etmoqchiman. Bu ogʻriqli masalada bizga yordam beringlar, deb iltimos qilaman. Oilaviy nizolarning oldini olish, ajrimlarni kamaytirish borasida siz, aziz yoshlarimiz ham, tashabbus va faollik koʻrsatsangiz, men barchangizdan cheksiz minnatdor boʻlar edim", – dedi Oʻzbekiston prezidenti.

Mirziyoyevning yoshlarga murojaati davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala