Toshkentda amakisining pasportini yoqib yuborgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishPasport i blank v rukax izbiratelya
Pasport i blank v rukax izbiratelya - Sputnik Oʻzbekiston
Jabrlanuvchining soʻzlariga koʻra, 21 noyabr kuni jiyani janjal vaqtida uning pasportini gaz plitasida yoqib yuborgan.

TOSHKENT, 25 dek - Sputnik. Qarindoshining pasportini yoqib yuborgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.

ID-karta uzb - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Pasport oʻrniga ID-karta

Olmazor tumnai ichki ishlar organlariga 45 yoshli Ravshanbek T. murojaat qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, 21 noyabr kuni jiyani 28 yoshli Sanjar T. janjal oqibatida uning pasportini gaz plitasida yoqib yuborgan.

Mazkur fakt asosida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 227 moddasi (“Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala