"Oldingilaridan ancha xavfli": Britaniyada tarqalayotgan virus haqida olimlar xulosasi

© AFP 2023 / William EdwardsPreduprejdenie zakritii fransuzskoy granisi na vyezde v port Duvr v Kente na yugo-vostoke Anglii
Preduprejdenie zakritii fransuzskoy granisi na vyezde v port Duvr v Kente na yugo-vostoke Anglii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olimlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi shtamm oldingi infeksiyaga qaraganda 56%ga xavfliroq, mutaxassislar fikricha, ushbu xususiyat tufayli kasallanganlar soni keskin oshib, kasalxonalar to‘lib ketishiga olib keladi.

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi oldingilaridan ancha xavfliroq bo‘lishi mumkin. Londondagi gigiyena va tropik tibbiyot qoshidagi yuqumli kasalliklarni matematik modellashtirish markazi mutaxassislari shunday xulosaga kelishdi, deyiladi MedicalXpress portalida.

Turist s sobakoy v terminale 2 aeroporta Xitrou v Londone, Velikobritaniya  - Sputnik O‘zbekiston
“Qamalda” qolgan Britaniya ko‘chalaridagi hayotga nazar

Olimlar ma’lumotlariga ko‘ra, yangi shtamm oldingisiga nisbatan ancha, 56%ga xavfliroq, mutaxassislar fikriga ko‘ra, ushbu xususiyat yangi kasallanganlar tufayli kasalxonalarning to‘lib ketishiga olib keladi.

Tadqiqotchilarning ta’kidiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada pandemiya vaqtida cheklov choralarining saqlanib qolishi, hatto lokdaun ham ushbu ssenariy yuz berishining oldini ololmaydi.

Shu bilan birga, cheklov choralarining oz bo‘lsada yumshatilishi kasallar sonining shiddat bilan oshishiga olib keladi.

Mavjud virus mutatsiyasi

Sal avval Rossiya Davlat dumasi deputati Gennadiy Onishenko RT bilan suhbatda, Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirus mutatsiyasi - bu mavjud virus mutatsiyasi, yangi shtamm emasligini aytgan edi.

Ekspert fikriga ko‘ra, virus mutatsiyaga uchrab, odamlar orasida yanada jadallik bilan va agressiv ravishda tarqalmoqda.

"Britancha" shtamm

Sal oldin Buyuk Britaniyada SARS-CoV-2 koronavirusining yangi mutatsiyasi aniqlangani haqida ma’lum bo‘lgan edi.

Para v zashitnix maskax u stansii metro Hammersmith v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi mutatsiyasi dunyoni sarosimaga solmoqda

Britaniyaning yangi va yuzaga kelayotgan respiratorli virus xavflari bo‘yicha maslahatlashuv kengashi mamlakatda aniqlangan koronavirusning yangi turi katta tezlikda tarqalayotgani va aholidan yanada ko‘proq ehtiyotkorlikni talab etishini ma’lum qilgan edi. Koronavirusning ushbu turi sakkizta davlatda aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan O‘zbekistonda 21 - dekabr sanasidan 2021-yil 10 - yanvarga qadar Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublikaga kirish) to‘xtatiladi.

Ushbu chora dunyodagi epidemiologik vaziyatning tezkor keskinlashuvi sharoitida mamlakatda epidemiologik barqarorlikni saqlab qolish, koronavirus infeksiyasi tarqalishining yangi o‘choqlari paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qabul qilingan.

Rossiya ham 22-dekabrdan Britaniya bilan avia-parvozlarni to‘xtatgan.

Yangiliklar lentasi
0